Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qabrga ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymoq



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə329/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

80-bob. Qabrga ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymoq 
Burayda al-Aslamiy o‘zining qabriga ikkita ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymaklarini 
vasiyat qildi. Ibn Umar, Abdurrahmonning qabri ustidagi chodirni ko‘rib: «Olib tashlag‘il, 
ey bola! Abdurrahmonga uning qilgan yaxshi amallari soya berg‘aydir!»—dedilar. Xorija 
ibn Zayd: «Usmon ibn Affonning zamonida biz yosh yigitcha erdik. Ichimizda eng 
sakrovchanimiz Usmon ibn Maz’unning qabridan bir sakrab o‘tib ketgan erdi»,— dedilar 
(demak, qabr ustida sag‘ana bo‘lib, undan qabrda yotgan mayyitga na foyda va na zarar 
bordir, foyda — mayyitning hayotligida qilgan solih amallaridir!). 
Usmon ibn Hakim: «Xorija meni qo‘limdan ushlab qabr ustiga o‘tqazib qo‘ydi-da, amakisi 
Yazid ibn Sobitning qabr ustida qazoi hojat qilmoqni qoralaganini aytdi»,— deydilar. Nofi’ 
raziyallohu anhu: «Ibn Umar raziyallohu anhu qabr ustiga o‘ltirib ham dam olaverar 
erdilar»,— deydilar. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki 
qabr yonidan o‘tayotib: «Bu ikki qabrdagi mayyitlar azoblanmoqdalar, ammo katta 
gunohlari uchun azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi, 
ikkinchisi ersa, chaqimchilik qilur erdi»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
sallam bir ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. 
Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, nega bundoq qildingiz,?»—deb so‘rashdi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Shoyad, shu ikki novda quriguncha azob ham barham 
topsa!»—dedilar». 
81-bob. Muhaddisning qabr oldida va’z aytmog‘i va tinglovchilarning uning 
atrofida to‘planib o‘tirmogi 
Hazrat Ali rivoyat qiladirlar: «Baqi’ ul-G’arqad degan joyda janozada bo‘ldik. Shunda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kelib o‘tirdilar, biz esa atroflarida 
o‘tirdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarida hassalari bor erdi. Janob 
Rasululloh boshlarini quyi solib fikr qildilar, so‘ng hassalari birlan yerni to‘qillatib: 
«Orangizda jannatdagi hamda do‘zaxdagi o‘rni oldindan belgilab qo‘yilmagan va baxtli 
yokim baxtsizligi peshonasiga yozilmagan birorta ham kishi yo‘qdir»,— dedilar. Shunda 
bir kishi turib: «Yo Rasululloh, undoq bo‘lsa, taqdirga tan berib, yaxshi ishlarga qo‘limiz 
bormay qolmag‘aydirmi? Oramizda kimki azaldan baxtli qilib yaratilgan bo‘lsa, u turgan 
gapki, baxtli kishilarga xos ishlarni qilgaydir, ammo peshonasiga azaldan baxtsizlik 
bitilgan kishi ersa, ma’lumki, baxtsiz kishilarga xos ishlarni qilgaydir»,— dedi. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxtli kishilarga baxt keltirguvchi ishlar, 
baxtsizlarga ersa, baxtsizlik keltirguvchi ishlar muyassar bo‘lg‘aydir»,- dedilar. So‘ng: 
«Fa ammo man a’to va-t-taqo» degan oyatni o‘qidilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin