Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
277
qildilar va mening xonamga dafn etildilar!».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘nggi
bor betob bo‘lib yotganlarida (shu kasallikdan so‘ng vafot etganlar); «Olloh taolo
yahudiy va nasorolarni la’natladi, chunkim ular sobiq payg‘ambarlarning qabrlarini
masjid qilib oldilar»,- degan erdilar. Ana shu xavf (masjid qilib olmoq xavfi)
bo‘lmaganida, Janob Rasulullohning qabrlari ochiq qoldirilar erdi».
Sufyon at-Tammor: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari do‘ppayib
turganini ko‘rgandirmen»,- degan erkanlar.
Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Valid ibn Abd ul-Malik
zamonasida Hujrayi Sa’odatning (Rasululloh dafn etilgan hujraning) devori yiqilganida,
uni qayta tiklamoqqa kirishdilar. Shunda (devor kesaklari orasidan) oyoq ko‘rinib qoldi.
Odamlar
dahshatga tushib, uni Nabiy sallallohu alayhi va sallamming oyoqlari, deb
gumon qildilar. Bul kimning oyog‘i erkanligini biladirgan hech kim yo‘q erdi. Shunda
otam
Urva: «Xudo haqqi, bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari ermas, balki
Umar raziyallohu anhuning oyoqlaridir»,- degan erkanlar».
Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Abdulloh ibn
az-Zubayrga: «Meni |glarning yoniga dafn etmag‘il, Baqi’dagi dugonalarim
(Rasulullohning boshqa ayollari) yoniga dafn etg‘il,
men u joyga mutlaqo loyiq
ermasdirman!»-deb vasiyat qilgan erkanlar» (ularning yoniga deganda Rasululloh, Abu
Bakr, Umar nazarda tutilgan).
Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu
anhuni ko‘rdim. «Ey Abdulloh ibn Umar, mo‘‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoga
borib, mendan salom aytg‘il, so‘ng mening ikki do‘stimning yoniga dafn etilmog‘imga
ijozat so‘ragil!» - dedilar. Oisha onamiz: «Ilgari men o‘zim o‘shal yerga dafn
qilinmog‘imni
istar erdim, endi bo‘lsa, buni o‘zimga ep ko‘rmayotirman»,- dedilar.
Abdulloh qaytib kelib, Hazrat Umarga uchrashganlarida, ul kishi: «Nechuk xabar
keltirding?» :—deb so‘radilar. Abdulloh: «Ey Amir al-mo‘‘minin, sizga ruxsat berdilar»,-
deb aytdilar. Shunda Hazrat Umar: «Mening uchun o‘shal joydan tabarrukroq joy
bo‘lmagandir, agar o‘lsam, meni o‘shal yerga eltib, salom aytingiz! Keyin sen: «Umar
ibn Xattob ruxsat so‘rayotir», - degil.
Agar ruxsat bersalar, meni o‘shal yerga dafn
qilingizlar, ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlar mozoriga olib borib, dafn
qilaveringiz!
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rizo bo‘lgan o‘shal vafot etib*ketgan kishilardan
ko‘ra, xalifalikka loyiqroq boshqa birorta odamni bilmasmen. Mendan keyin kimni xalifa
qilsangizlar,
unga itoat etib, quloq solingizlar!»-dedilar. So‘ng, Usmon, Ali, Talha,
Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Abu Vaqqosning ismlarini tilga oldilar.
Shu payt, bir ansoriy yigit kirib kelib: «Ey Amir al-mo‘‘minin, Olloh taoloning sizga
ko‘rsatgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Islomda o‘z o‘rningiz bordir, buni bilursiz,
keyin adolat birlan xalifalik qildingiz, tag‘in buning ustiga shahid ham bo‘ldingiz!» - dedi.
Hazrat Umar: «Ey birodar, koshki erdi, shular yetarlik bo‘lsa erdi! Uzimdan so‘ng
bo‘ladirgan xalifa muhojirlarga yaxshilig‘ qilsin, ularning haqini tan olsin, hurmatlarini