163-bob. Dengizdan olinadirgan narsalar haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anbar maxsus to‘plangan xazina ermas,
u dengiz chiqarib tashlaydirgan bir narsadir. Hasan Basriy: «Anbar va marjon uchun
uning beshdan biri miqdorida sadaqa qilinmog‘i dozimdir, lekin suvdan topib olinadirgan
narsalar uchun ermas»,- deganlar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat
qiladirlar: «Baniy Isroilga mansub bir kishi bir qavmdoshidan ming dinor qarz so‘radi. Ul
kishi aytganini berdi. Bir kuni qarz olgan odam qarzink qaytarib olib borib bermoq
maqsadida dengiz bo‘yiga kelib, kema uchratmadi. Nima qilmog‘ini bilmay, ming dinorni
bir yog‘ochning kavagiga tiqib, dengizga uloqtirdi. Tasodifan, qarz bergan odam dengiz
sohiliga borsa, qirg‘oq yaqinida bir yog‘och qalqib turibdir. U, yog‘ochni o‘tin qilg‘ayman,
deb uyiga olib borib yorgan erdi, ichidan ming dinor pul chiqdi».
164-bob. Xazinaning beshdan biri miqdorida sadaqa bermoq lozim Molik va Ibn Idris raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Xazina johiliya davridan qolgan
dafinadir, u xoh ko‘p bo‘lsin, xoh oz bo‘lsin, beshdan biri miqdorida sadaqa lozimdir,
lekin ma’dan xazina ermas. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ma’dan (qazish) da jubor
(o‘lim xatari) bordir (bu yerda, ma’dandan zakot olinmagaydir, degan ma’no kelib
chiqmaydir), xazinada ersa, xums (molning beshdan biri hisobida olinadirgan soliq)
bordir»,- deb aytganlar. Umar ibn Abdu-l-aziz ma’danlarning har ikki yuz dirhamidan
besh dirham zakot olar erdi. Hasan Basriy bunday deydilar: «Urush bo‘layotgan yerlarda
(konlardan) olingan xazinaga xums, urush yo‘q yerlardan olingan xazinaga ersa, zakot
soling‘aydir! Agar dushman yeridan biror yombi (boylik) topsang, bu haqda xabar
berg‘il, basharty u dushmanniki bo‘lsa, undan xums oling‘aydir. Ba’zilar: «Ma’dan ham
johiliya davrining dafinasi singari bir xazinadir»,- deyishadi. Chunki, odatda ma’dandan
biror narsa (kumush yoki tilla) chiqib qolsa, «Ma’danning tarkibida bor erkan»,-deyiladi.
Hadya berilgan kishiga yoki (savdo-sotiqdan) ko‘p foyda olgan kishiga yohud mo‘l-hosil
yetishtirgan kishiga: «Boyib ketding!» - deyishganda, u tonib (boyligini yashirib), xums
to‘lamasligi mumkin».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Yovvoyi hayvonlar, quduq va ma’dan daromad keltirmag‘aydir, ammo xazina uchun
xums oling‘aydir»,- deganlar».