Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə399/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com kutubxonasi 
329
80-bob. Safo va Marvada sa’y qilmoqqa doir xabarlar 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Baniy Abbod hovlisidan Baniy Abu Husayn ko‘chasigacha 
bo‘lgan masofada sa’y qiling‘aydir»,- deydilar. 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baning dastlabki 
tavofini ado etsalar, uch marta yo‘rtib chopardilar va to‘rt marta oddiy yurish qilar 
erdilar. Safo va Marvani tavof aylasalar, ular oralig‘ida joylashgan selxona bo‘ylab sa’y 
qilar erdilar»,- deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Abdulloh ibn Umar yamaniy ustun oldiga 
kelganda odatdagidek yurarmidilar, deb Nofi’dan so‘radim»,- deydilar. Shunda Nofi’: 
«Yo‘q, yamaniy ustun oldida odamlar ko‘payib ketgandagina shunday qilardilar, chunki 
ul kishi ustunni o‘pib tavof qilmay qo‘ymas erdilar»,- deb javob qilgan ekan. 
Amr ibn Dinor: «Biz Ibn Umar raziyalloho‘ anhudan umrada Ka’bani tavof aylab, Safo va 
Marva orasini tavof qilmagan kishi ayoliga yaqinlashadirmi, deb so‘radik»,- deydilar. 
Shunda, Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti 
marta tavof ayladilar, Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng Safo 
va Marva orasida yetti marta sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi 
namunalar bordir!»- deb aytdilar»,- deb javob qilibdir. 
Amr ibn Dinor: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan shu haqda so‘raganimizda, u 
kishi «Safo va Marvada sa’y qilmaguncha, ayoliga mutlaqo yaqinlashmasligi kerak» deb 
aytdilar»,- deydilar. 
Amr ibn Dinor: «Men Ibn Umar raziyallohu anhuning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Makkaga kelib, Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin Safo va 
Marvada sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar bordir» degan oyatni 
o‘qidilar» - deganini eshitdim»,- deydilar. 
Osim raziyallohu anhu: «Safo va Marva orasida sa’y qilmoqni yoqtirmasmi erdingiz, deb 
Anas ibn Molikdan so‘radim»,- deydilar. Anas: «Ha, chunki u johiliya davri udumlaridan 
erdi, hatto Olloh taolo «Safo va Marva Olloh taoloning udumlaridan biridir, kim Ka’baga 
haj qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir, Safo va Marvani tavof aylamog‘idan gunohkor 
bo‘lmag‘aydir» degan oyatni nozil qilgan»,-dyob javob beribdirlar. 
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof aylab, 
Safo va Marva orasida mushriklarga o‘z kuch-quvvatlarini ko‘rsatib qo‘ymoq uchun sa’y 
qildilar»,- deydilar. Shunga o‘xshash hadisni Humayd ham aytib bergan. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin