88-bob. Arafotda tuya minib turish haqida Abdulloh ibn Abbosning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladirlar: Ummulfazl binti
Haras oldida turgan odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutganliklariga
shubha bildirishdi, ulardan ayrimlari: «Ro‘za tutganlar»,-deyishsa, ayrimlari: «Ro‘za
tutmaganlar»,-deyishdi. Ummulfazl, Janob Rasululloh Arafotda tuya minib turganlarida
bir kosa sut yubordi, ul kishi ichdilar».
89-bob. Arafada ikki namozni bitta qilib o‘qimoq Ibn Umar raziyallohu anhu jamoat birlan namoz o‘qiyolmay qolsalar, ikki namozni bir
qilib o‘qirdilar.
Ibn Shihob Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Hajjoj ibn Yusuf birlan Abdulloh ibn Zubayr
raziyallohu anhumo Makkaga jang qilmoq uchun kelishgan yili Abdulloh raziyallohu anhu
Solim raziyallohu anhudan: «Arafa kuni shul joyda ne qilardingiz?»-deb so‘rabdi. Solim:
«Agar sunnatga rioya etmakni istasang, arafa kuni namozni kechiktirg‘il!»?- deb javob
qilibdirlar. Abdulloh ibn Umar: «Ular sunnatga ko‘ra, peshin va asrni bir qilib o‘qishgan,
deb to‘g‘ri aytayotir»,-debdirlar. Men Solimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
shunday qilganmilar?»-dedim. Solim: «Sahobalar Janob Rasulullohning sunnatlariga
amal qilayotirlar-ku, axir!» - dedilar».
90-bob. Arafada xutbani qisqaroq aytish haqida Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida
Abdulloh ibn ,Umarga ergashmakni buyurib, Hajjojga maktub yozdilar. Ibn Umar
raziyallohu anhu (men ul kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda,
Hajjojning chodiri oldiga kelib: «Ul qay yerdadir?»-deb qichqirdilar. Hajjoj oldilariga
chiqdi. Ibn Umar: «Bir yerga bormog‘imiz kerak»,-dedilar. Hajjoj: «Hozirmi?» - dedi. Ibn
Umar: «Ha»,-dedilar. Hajjoj: «Andak sabr qilib .turingiz, ustimdan suv quyib chiqayin»,-
dedi. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn
Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar bugun
sunnatga amal etayin desang, xutbani qisqartirib, vuqufni tezlatg‘il!» - dedim."Ibn
Umar: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedilar».