Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
342
122-bob. Tuyaning to'qimi sadaqa qilinadir.
Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yuzta tuya qurbonlik qildilar.
Shunda,
menga topshirdilar, uning go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, yana amr
qildilar, to‘qimlarini
ham taqsimladim, tag‘in buyurdilar, terilarini ham taqsimladim»,-
deydilar.
123-bob.
Olloh taolo bunday deydir: «Ibrohimga Xonai Ka’ba yerini tayin qilib berganimizda
«Menga hech narsani shirk keltirmag‘il va mening uyimni tavof qilg‘uvchilar, unda
turguvchilar, ruqu’ va sajda aylag‘uvchilar uchun pokiza tutg‘il, odamlarni hajga da’vat
etg‘il! Ular.har tarafdan, uzoq-uzoq yo‘llardan piyoda
va oriq tuyalarni minib, o‘zlariga
tegadirgan manfaatlarning guvohi bo‘lmoq uchun yu hayvonlarni rizqu nasiba qilib
bergani shukronasiga Ollohning ismini muayyan kunlarda zikr qilmoq uchun oldingga
kelishg‘aydir. Ulardan o‘zlaringiz
ham tanovul qilingiz, nochor faqirlarga ham yediringiz,
keyin badanlarining kirini ketkizsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va qadimiy Ka’bani tavof
aylasinlar!» deb erdik. Buldir hukm: Kimki Olloh muharram
qilgan narsalarni hurmat
qilg‘aydir, Olloh dargohida xayriyatga erishg‘usidir!»
Dostları ilə paylaş: