Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini to'zg'imaydigan qilib yopishtirib



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

126-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini to'zg'imaydigan qilib yopishtirib 
olib,keyin uni kalta qilib oldirgan kishi hususida. 
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasululloh, 
odamlar umrani tugatishib, ehromlarini yechishdi-yu, nega siz hanuz ehromingizni 
yechmayotirsiz?» -dedilar. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib 
yopishtirib olgandirman, endi qurbonlikka atalgan jonlig‘imni zabh qilmagunimcha 
ehromimni yecha olmasman»,- dedilar». 
127-bob. Ehromni yechishdan oldin soch oldirmoq haqida 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har safar hajdan 
keyin sochlarini oldirar erdilar»,- deydilar. 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» -dedilar. Shunda: «Yo 
Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!» -deyishdi sahobalar. Janob 
Rasululloh yana: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» - dedilar. «Yo 
Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!»-deyishdi yolborib sahobalar. 
Nihoyat, Janob Rasululloh: «Qisqartirganlarga ham»,- dedilar». 
Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh: «Olloh sochini oldirguvchilarga rahmat qilsin!» 
- deb bir necha bor aytdilar. Shunda, sahobalar to‘rt marta yolborib iltimos qilganlaridan 
so‘nggina: «Sochini qisqartirguvchilarga ham rahmat qilsin!»-deb qo‘ydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
344
«Yo partardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm (rahmat) aylag‘il!» - dedilar. 
Sahobalar: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: 
«Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: 
«Sochini qisqartirguvchilarga ham»,-deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo 
parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: 
«Sochini qasqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Nihoyat, Janob Rasululloh: 
«Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- . deb aytdilar». 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir guruh 
sahobalar soch oldirdilar qolganlar ersa, sochlarini qisqartirishdi»,-deydilar. 
Muoviya raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini 
kamon o‘qining tig‘i birlan qisqartirdim»,-deydilar. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin