25-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim sadaqa qilg‘aydirsiz yohud jonliq qurbonlik etg‘aydirsiz, bularning qaysi oirini qilmoq sizning ixtiyoringizdadir, biroq ro‘za tutsangiz, uch kun tutgaydirsiz» degan kalomi sharifi xususida Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
(menga): «Hashoratlar (bit) seni bezovta qilsa kerak»,— dedilar. «Ha, yo Rasululloh»,—
dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirib, uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il
yokim bir qo‘yni qurbon qilg‘il!»—dedilar».
26-bob. Olloh taoloning «... yokim sadaqa...» degan so‘zi oltita miskinni to‘ydirmoqni anglatadir Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
Hudaybiyada ekanlig‘imizda tepamda turgan erdilar, boshimni bitlab ketganlig‘ini ko‘rib:
«Seni bitlar bezovta qilayotirmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Sochingni
oldirg‘il!» - dedilar. Shu payt, Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz
yokym boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir..» degan oyati meni deb nozil bo‘ldi.
Shunda, Janob Rasululloh menga: «Uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinga bir farq (16
ratl) taom berg‘il, yohud qurbingga qarab jonliq qurbonlik qilg‘il!» - dedilar».
27-bob. Fidya (jarima) uchun yarim so’ taom sadaqa qilmoq haqida Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhuning yonida o‘tirgan
erdim, undan fidya to‘g‘risida so‘radim, ul kishi: «Mazkur oyat mening haqimda nozil
bo‘lgan ersa ham, sizlarning barchangizga taalluqlidir. O’shanda meni Janob
Rasulullohning huzurlariga bir yumush birlan yuborishgan erdi, boshimdan bitlar
yuzimga to‘kilib turar erdi. Shunda Janob Rasululloh menga: «Seni bunchalik bitlab
ketgansan, deb o‘ylamagan erdim, juda qiynalib qolibsan-ku! Bitta qo‘y topa
olg‘aymisen?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. «Unda uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti
miskinni to‘ydirg‘il, har bir miskinga yarim so’dan taom berg‘il!» - dedilar (1 so’ - 4
mudd, 1 mudd-1,33 ratl)».