Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o‘ldirishi mumkin?



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə441/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

6-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o‘ldirishi mumkin? 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom 
bog‘lagan kishi besh xil jonliqni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytganlar»,— 
deydilar. 
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollaridan 
biri: «Ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirmog‘i mumkin»,— deb aytgandar»,— deydilar. 
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«(Ehrom bog‘lagan kishi) besh toifa jonliqni — qarg‘a, kalxat, sichqon, chayon va 
qopag‘on itni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytgan erkanlar. 
Oisha raziyallohu anho aytadilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Besh tur 
hayvon — qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va tishlang‘ich it zararkunanda bo‘lib, ularni 
ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirsa, gunohkor bo‘lmag‘aydir»,— degan erkanlar. 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deb naql qiladirlar: «Biz Nabiy sallalloxu 
alayhi va sallam birlan Minodagi g‘orda turganimizda ul kishiga «Va-l-Mursalot» surasi 
nozil bo‘lib, uni tilovat qilmoqqa kirishdilar, men ersam, ul zotning muborak og‘izlaridan 
mazkur sura so‘zlari chiqishi bilanoq, darhol yod ola boshladim. Ittifoqo, bir ilon bizga 
tashlandi, Janob Rasululloh: «Uni o‘ldiringizlar!» — dedilar. Hammamiz ilonga 
tashlangan bo‘lsakda, u qochmoqqa ulgurdi. Shunda ul kishi: «Sizlar ilonning 
yomonlig‘idan qutulib qolganingizdek, ul ham sizning yomonlig‘ingizdan qutulib qoldi»,- 
dedilar». 
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: 
«Janob Rasululloh kaltakesakni ko‘rsatib, bu jirkanch maxluq, dedilar, lekin uni 
o‘ldirmakni buyurganlarini eshitmaganman». «Bundan, kaltakesakni o‘ldirmoq mumkin 
ermas, degan xulosa kelib chiqmaydir, chunkim ular (sahobalar) ilonni o‘ldirmakni 
gunoh, :deb hisoblashmadi-ku!» - deydilar Abu Abdulloh. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin