6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan, yaxshi niyat qilib tutsa... Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik
qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom
birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg‘ay erdi, chunki Janob
Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib,
Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil
alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan
ham tezlashib ketar erdi».
7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa... Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za
tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Olloh unga rahmat
nazarini tashlamag‘aydir.
8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro‘zadorman», deb aytadirmi? Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha
qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari
uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi,
yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir),
binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen»,- deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan
saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan
so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim
urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning
og‘zidan keladirgan bo‘y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
377
bor xursand bo‘lur, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib,
yorug‘ yuz birlan Ollohga yo‘liqqanda!»