www.ziyouz.com kutubxonasi
383
27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz, albatta dimog‘ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro‘zador bkrlan ro‘za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida Hasan Basriy: «Ro‘zador dimog‘iga dori quysa-yu, tomog‘iga ketib qolmasa, zarari
yo‘qdir hamda ro‘zador surma qo‘ysa ham bo‘lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu:
«Ro‘zador og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og‘zida qolgan suvni yutib
yubormasa, zarari yo‘kdir. Ro‘zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich
chaynasa-yu, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir, demasman»,- deydilar. Lekin,
ko‘pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so‘lakni yutmaslik kerakligini aytib,
«Ro‘zador dimog‘ini chayqaganda tomog‘iga suv ketsa, zarari yo‘qdir, chunkim ul
tomog‘iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi.
28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa... Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo‘lmay turib, uzrsiz bir kun
ro‘za tutmasa, o‘sha uzrsiz ro‘za tutmagan bir kun evaziga umr bo‘yi ro‘za tutsa ham,
Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas’ud ham
xuddi shunday degan ekanlar. Sa’id ibn Musayyab, Sha’biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda
va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro‘za evaziga yana bir kun qo‘shimcha
ro‘za tutg‘aydir»,- deydilar.
Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir
kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o‘zimni o‘zim
kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men
Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu
alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh:
«Boyagi o‘zini o‘zi kuydirgan kishi qani?» - deb so‘radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u.
Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul
xurmoni odamlarga ehson qilg‘il!» - dedilar».