www.ziyouz.com kutubxonasi
398
2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr
deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan
ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil
tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam:
«Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid
aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va
shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan
savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi
kechirilg‘aydir»,- deganlar».
3-bob. Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining yettisida kutingiz! Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir
qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida
bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda
erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa,
Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».
Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning
ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni
ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq
ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning
oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan
ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -
dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut
paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki
masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi.
Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini,
hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim».