24-bob. Yuvuqsiz holda uydan chiqib, bozor va boshqa joylarda yurish mumkinmi? Ato raziyallohu anhu: «Yuvuqsiz kishi tahoratsiz qon va soch oldirsa, tirnoq olsa,
bo‘ladi»,— deydilar.
Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kechada hamma
xotinlariga aylanib chiqar edilar, o‘sha vaqtda 9 ta xotinlari bor edi».
Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yuvuqsiz holda
yo‘liqib qoldim, qo‘limdan ushladilar. U kishi bir joyga borib o‘tirgunlaricha birga bordim,
keyin sekin g‘oyib bo‘ldim. G’usl qilib, qaytib keldim. U kishi hali ham o‘tirgan ekanlar.
«Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» —dedilar. Men nima qilganimni aytib berdim.
«Subhonalloh, ey Abu Hurayra, mo‘‘min odam nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
25-bob. Junub odam tahorat olib (g‘usl qilmay) yotaverishi mumkinmi? Abu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuvuqsiz holda
yotarmidilar?» — deb Oisha onamizdan so‘radim. «Ha, tahorat olib yotar edilar»,— deb
javob qildilar».
Umar ibn al-Xattob: «G’usl qilmay yotsak bo‘ladimi?» — deb Rasululloh sollallohu alayhi
va sallamdan so‘radilar. «Ha, birontangiz junub bo‘lsangiz, tahorat olib yotsangiz
bo‘ladi»,— dedilar Janob Rasululloh.
26-bob. Yuvuqsiz odam tahorat olib, keyin uxlaydi Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan
so‘ng uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgandek tahorat olib, so‘ng yotardilar».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan:
«Yuvuqsiz holda uxlasak joizmi?»—deb so‘radilar. «Ha, agar tahorat olsa»,— dedilar
Janob Rasululloh».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
kechalari bulg‘anib qolishini aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olatingni yuvg‘il, tahorat
olg‘il, keyin uxlagil!»—dedilar».