1-bob. Ayollar qachondan boshlab hayz ko‘ra boshlagan? Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu Odam alayhissalom qizlarining peshonasiga
azaldan yozilmishdir»,— deganlar. Ba’zi sahobalar: «Hayz avval Baniy Isroilga
yuborilgan edi»,— deganlar. Imom Buxoriy: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
aytganlari kengroq (eng to‘g‘risi)»,— deganlar.
2-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarga buyruq Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Faqat hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf
(Makka yaqinidagi qishloq) degan joyga borganimizda, hayz ko‘rdim. Yig‘lab o‘tirganim
ustiga Rasululloh kirib keldilar. «Senga nima bo‘ldi, hayz ko‘rdingmi?»—dedilar. «Ha»,—
dedim. «Hayz ko‘rish Alloh taolo Odam qizlari peshonasiga yozgan narsadir, haj
amallarining barchasini qilaver, biroq Ka’batullohni tavof etmagil!» — dedilar». So‘ng:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigirni qurbonlik qildilar»,—
deb aytgandilar o‘shanda Oisha raziyallohu anho.
3-bob. Hayz ko‘rgan xotin erining boshini yuvib, sochlarini tarab qo‘ymog‘i mumkin Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz
ko‘rgan holimda ham tarab qo‘yar edim»,— deganlar.
Urvadan: «Hayz ko‘rgan yoki junub xotin menga xizmat qilmog‘i mumkinmi?»—deb
so‘rashdi. Urva: «Bularga men unchalik ahamiyat bermayman. Hayz ko‘rgan holda
yuvuqsiz ham menga xizmat qilishar edi. Mendan boshqa sahobalar ham bu to‘g‘rida bir
xil fikrda. Menga Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz
ko‘rgan holatda ham tarab qo‘yishlarini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
masjidda e’tikof o‘tirganlarida, boshlarini darchadan chiqarar ekanlar, Oisha onamiz
hujralarida turib, hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, sochlarini tarab qo‘yar ekanlar».