Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
idishda suv berib: «Bor, cho‘milib ol!» dedilar Rasululloh. Xotin tepada tik turib, odamlar 
suvni nima qilayotganiga qarab turar edi. «Allohga qasam ichib aytamanki, odamlar suv 
olib bo‘lishgach, meshlarning og‘zini bog‘lashganda, meshlardagi suv bizga ilgarigidan 
ham ko‘proq ko‘rindi», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Xotinga 
bir nima yig‘ib beringiz!» dedilar. Odamlar xotinga xurmomi, unmi, talqonmi, qo‘yingki, 
birmuncha rizq yig‘ib, bir narsaga tugib, tuyasiga ortib berdilar. Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam xotinga: «Bildingmi, suvingni hech kamaytirmadik, ammo bizga Alloh 
taoloning o‘zi suv ato etdi», dedilar. Xotin o‘z odamlari oldiga ravona bo‘ldi, yetib 
borgach, «Ey falonchi, qaerda eding?» deyishdi. «Ajoyib bir voqeaning shohidi bo‘ldim, 
men yo‘lda ikki kishini uchratdim, ular meni anavi yangi din olib kelgan kishining oldiga 
olib borishdi. U unday qildi va bunday qildi», deb bor gapni aytib berdi xotin. Keyin 
bunday deb qo‘shib qo‘ydi: «Allohga qasamki, u kishi manavi bilan ana u (o‘rta barmog‘i 
bilan yer va osmonga ishora qildi) o‘rtasidagi barcha odamlarning eng sehrgarrog‘i yoki 
haqiqatan ham Alloh taoloning payg‘ambari bo‘lishi kerak». Musulmonlar o‘sha 
voqeadan keyin atrofdagi mushriklar (Allohni bir deb bilmaydiganlar) yashaydigan 
qishloqlarni ishg‘ol qila boshladilar. Lekin haligi xotin yashayotgan joyga tegishmadi. 
Buni ko‘rgan xotin hamqishloqlariga: «Anavi musulmonlar sizu bizga ataylab 
tegishmayapti, deb o‘ylayman. Islomga kirsak-chi, nima deysizlar?» dedi. Xotinning 
gapiga ko‘ndilar va islomga kirdilar». 
6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g‘usl qilsam kasal bo‘laman yoki o‘lib 
qolaman deb qo‘rqsa, yohud (suvni ishlatib qo‘yib) suvsiz qolaman, deb 
cho‘chisa, tayammum qiladi 
Amr ibn al-Os qattiq sovuq kechalardan birida (g‘azot vaqti edi) nahs (junub) bo‘lib 
qoldilar. Shunda tayammum qilib, namoz o‘qidilar. Keyin «O’zingizni halok qilmang, 
Alloh sizga mahribondir» degan oyatni o‘qidilar, deb zikr qilinadi (ya’ni, kishi ilojsiz qolib, 
sovuq suvga cho‘milsa, halok bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinadi). Amr ibn al-Osning 
(sovuq suv bo‘la, turib) tayammum qilganini Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamga aytishganda, u kishi koyimadilar. 
Abu Muso: «Nahs odam suv topolmasa, namoz o‘qimaydimi?» deb Abdulloh ibn 
Mas’uddan so‘radilar. «Agar odamlarga tayammum qilmoqqa ruxsat bersang, ulardan 
birortasi sal seskansa ham, Abu Muso shunaqa degan edi, deb tayammum qilib namoz 
o‘qiyveradi», dedilar Abdulloh. «Ammorning Umarga aytgan so‘zi qaerda qoldi, unda?» 
dedilar Abu Muso. «Ammorning so‘zidan Umar qoniqqan emas, deb o‘ylayman», dedilar 
Abdulloh. 
Al-A’mash quyidagi hadisni Shaqiq ibn Salamadan eshitgan ekanlar: «Abu Muso va 
Abdulloh ibn Mas’udning yonlarida edim. Abu Muso: «Ey Abu Abdurrahmon, agar 
yuvuqsiz odam suv topmasa, nima qiladi?» deb Abdullohdan so‘radilar. Abdulloh: «Suv 
topguncha namoz o‘qimaydi», dedilar. «Ammorning aytgan gapi nima bo‘ladi? Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamning unga: «Senga tayammum qilmoq kifoya qilgay» 
deganlari-chi?» dedilar Abu Muso. «Umar bundan qanoatlanmaganligini sezmadingmi? 
dedilar Abdulloh. «Xo‘p mayli, Ammorning gapini qo‘ya turing, mana bu «Agar suv 
topmasangiz, tayammum qilingiz» degan oyatga nima deysiz?» dedilar Abu Muso, 
Abdulloh ibn Mas’ud nima deyishlarini bilmay qoldilar. 
(Hazrat Umar va Abdulloh ibn Mas’ud mazkur oyati karima tahorati singan odamga 
taalluqli, deb tushungan edilar. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan odam esa, albatta g‘usl 
qilmog‘i shart, unga tayammum kifoya qilmaydi, deyishar edi. Imom Buxoriy esa 
yuqoridagi hadislarga tayanib, tayammum kifoya qilgay, deb ta’kidlaydilar). 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin