Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

OFTOBSHUVOQ 
Bahor kunlarida
Oftobshuvoqda, 
Hordiq olar edi ko‘pincha onam. 
Naykamalak balqsa Qo‘ng‘irtov yoqda, 
Nechog‘ yosharardi bu ko‘hna olam. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Xastalik qiynardi onamni biroq, 
U chetga termulib uh tortar edi. 
Bahor yoqsa hamki olamga charoq, 
Mening yuragimda g‘am ortar edi. 
Men onam yonida ivirsib beun
Kun bo‘yi yurardim dilgir, betoqat. 
Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun, 
Turnalar tovushin tinglardim faqat. 
Shu-shu o‘nglanmadi onam rahmatlik, 
Mening ham yillarim topdilar to‘zim. 
Bugun onam kabi yolg‘iz, toqatlik, 
Bahor quyoshiga boqaman o‘zim. 
Endi meni ezar ming bitta xayol
Ular o‘tkinchi do‘st, vafosiz yorlar. 
Endi o‘zim dardkash, o‘zim jim va lol, 
Endi o‘zim uchun tiyra bahorlar. 
Iliq tomchilagan yomg‘ir ham goho 
Tuyular onamning ko‘z yoshi bo‘lib. 
Onam turganiday teppamda go‘yo 
Bahorning mehribon quyoshi bo‘lib... 
1984 
ODAM BOLALARI 
Odam bolalari turfa naqadar, 
Biri mo‘min bo‘lsa, boshqasi asov, 
Biriga quyuqroq salom bersang gar, 
Xushomadgo‘y deydi, nomingni darrov. 
Mayliga, ataylab biror kun sen ham 
Qad kerib, sipoyu o‘ychan bo‘lib yur. 
Malomat yog‘ilar boshingga shu dam, 
Seni ataydilar darhol takabbur. 
Yaxshisi dilingda bo‘lsin muhabbat, 
Oshkor etaverma uni jo‘rttaga. 
Avliyo misoli jim yurgin faqat, 
Ko‘zlardan yiroq bo‘l, chiqma o‘rtaga. 
1984 
QARDOSH SHOIRGA 
Shahar talashmagin, daryo talashma
Iste’dod talashma, daho talashma. 
Tabiat yaratgan yaylovda xurram, 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Bizdek o‘tlab yurgan jonzodsan sen ham. 
Bu ko‘hna tuproqni kovlasang agar
Chiqar necha nomsiz daryo va shahar. 
Kechmish daholarning aytgan so‘zlari . 
Ahli diyonatning mulkidir bari. 
Tangrini ilk bora o‘ylab topgan kim? 
Bu savol qoshida barchamiz ham jim... 
Qurbing yetsa magar qo‘rg‘on yaratgin, 
Olamni o‘zingga mayli, qaratgin. 
Qimmat bergin bizga asl, bebaho, 
Nomingni ataylik mayliga, daho! 
Tariqday zamin bir va Inson birdir
Bilmagan mardumga bu holni bildir! 
Shunda men qoshingda egarman boshim 
Va seni atarman chindan qardoshim! 
1984 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin