Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

TUNISLIK BOLA 
Rimda Tunisdan ish axtarib kelgan bir o‘spirinni ustidan benzin quyib yoqib yubordilar 
Afsus, razolatga botdi bu ochun, 
Aybni yaratganga to‘nkamoq nechun. 
Senga o‘t qo‘ydilar bir ermak uchun, 
Rimga nega kelding tunislik bola? 
Bilaman, sen uchun parcha non qahat
Zamin mozor bo‘lsa, Afrika lahad. 
O’t qo‘ysa, o‘t qo‘ysin o‘z eling faqat, 
Rimga nega kelding tunislik bola? 
Bu shundoq manzilki, do‘stni yovlaydi, 
Ota o‘z farzandin avrab tovlaydi. 
Bu yurtning sayyodi odam ovlaydi
Rimga nega kelding tunislik bola? 
Shundoq holga kelmish qadimiy Lotin, 
Bulg‘alar sharafin, bulg‘alar zotin, 
Chumolicha ko‘rmas odam hayotin
Rimga nega kelding tunislik bola? 
Ha, olov ostida butkul yer yuzi, 
Tutunga to‘lmoqda odamzod ko‘zi, 
Yonib ketmasaydi zaminning o‘zi, 
Rimga nega kelding tunislik bola? 
1984 
* * * 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin, 
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin. 
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin, 
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin. 
1984 
* * * 
Oftob botib ketdi, egildi boshim, 
Yulduzdek sochildi ko‘zimdan yoshim. 
Hajringda bag‘rimni yerga berurman, 
Tun bir lahad bo‘lsa, oy qabr toshim. 
1984 
* * * 
Oqar daryoga ham kimdir band bergan
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan. 
Ey, g‘ofil, sarkash deb meni kamsitma, 
G‘anim senga emas, menga pand bergan. 
1984 
* * * 
Bilaman, o‘tadi shodlik bilan g‘am, 
Bilaman, g‘animat erur har bir dam. 
Payg‘ambar atadim har zotni, ammo, 
Muridim demadi hech bitta odam. 
1984 
* * * 
Oh, o‘tgan u kunlar qaytmagay zinhor, 
O’chgan muhabbatning yonmog‘i dushvor. 
Nigohing qadama qarog‘imga sen, 
Unda to‘kilmagan ko‘z yoshlarim bor. 
1984 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin