Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
Rasululloh demish: - Kim Haqqa yo‘ldosh,
Tiriklik qadrini u aziz etdi.
Marhumning ortidan ota ko‘rmang tosh,
Marhum ketadigan joyiga ketdi.
HIDOYAT YO’LI
U senga ko‘rsatdi hidoyat yo‘lin,
Yurgil yo yurmassan, o‘zing bil,
Inson
Balki sen tutgaysan Iblisning qo‘lin
Yaratgan Xoliqqa barchasi ayon.
Pishqirgan daryoning sohilida gar
Tashnayu zor qolsang, aybdorsan o‘zing
Boshingga nogahon balolar yog‘ar
Labingdan uchgan chog‘ jaholat so‘zing.
G‘oyibdan baxt kutib o‘ltirmoq nechun,
Dastingga kor berdi qalbingdagi yor.
Zaminda ko‘rgazgan
qilmishing uchun
Osmonni malomat qilmog‘ing bekor.
JON ACHCHIG‘I
Buloqdan suv ichdi hazrati Iso,
G’oyat totli edi bu obi hayot.
Suvni bir ko‘zaga quyganda ammo
Zaqqumga aylandi u o‘sha zahot.
Hayratga tushgaydir payg‘ambarlar ham,
Bu qanday sir erur?
Ayon qil, yo Rabb!
Masiho nafasi yetishgani dam
Ko‘zadan bir ovoz chiqdi-ku titrab:
Ayo, shirin suving bo‘ldimi taxir,
Dema, bu tuz ta’mi, qon achchig‘idir.
Men ham Inson edim. Ko‘zaman hozir,
Suvni achchiq qilgan - jon achchig‘idir!
JINLAR
Jinlar bazm qilardi ovloqda, tunda,
Gulxan
atrofida xurram, shodumon.
Bir botir suvoriy o‘tarkan, shunda
Bazmga nazari tushdi nogahon.
Botirni qopladi lahzalik titroq,
So‘ng
gulxan ustiga ot soldi birdan,