Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Balki vijdon deya tinmay chekib oh
Hayqirib yurmaydi har qanday odam. 
Topilgay bobolar hikmatlarin goh, 
Shunchaki nasihat deguvchilar ham. 
Qay bitta narsaga muhtoj bo‘lsa gar, 
Eng avval o‘shanga topingay inson. 
Mayli, ummon qadar yo zarra qadar, 
Har nechuk qalblarda bor bo‘lsin vijdon. 
Magar ketar bo‘lsa vijdon bosh olib, 
Iymon ham u bilan birga ko‘chgaydir. 
Butkul mardu nomard tayanchsiz qolib
Choh uzra chirpirak bo‘lib uchgaydir. 
Devlar qutulgandek Sulaymon o‘lib, 
Betizgin tuyg‘ular har yon yugurgay. 
Qalb degan istehkom posbonsiz bo‘lib, 
Eng avval nafs unga o‘zini urgay. 
Haqiqat atalmish ravshan quyoshni, 
Ochiq diydalarki, ilg‘amas ko‘rib. 
Avliyo degaylar so‘qir avboshni, 
Adolat o‘rnini egallar firib. 
Ilojin topsalar har qanday onda 
El-yurtni chalg‘itib qo‘yarlar oson. 
Gar hakam bo‘lsalar biror maydonda, 
Mag‘lubni g‘olib deb etarlar e’lon. 
Kuppa-kunduz kuni kiprik qoqmasdan 
Yolg‘on so‘zlay boshlar daholar hatto. 
Kimlardir umrida bir sham yoqmasdan, 
Mash’al bo‘lmoqlikni qilgaylar da’vo. 
Vijdon ketgan joyda albatta bir kun
Ilondek qo‘zg‘olur bo‘hton va tuhmat. 
Bu yorug‘ olamda odamzod uchun 
Bormikan ulardan ortiqroq kulfat. 
Vijdonsiz kimsaga duch kelgan nafas 
Kofir ham dod solgay: Asragil, yo Rabb! 
Oddiy bismilloni bilmaydigan kas 
Iltijo qilgaydir qiblaga qarab. 
Vijdondan ayrilib qolgan fursatda 
Boshlanar toj-taxtga ruju daf’atan. 
Ne-ne zukko xalqlar qolib g‘aflatda, 
To‘zg‘ib ketajakdir butun bir Vatan. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Ha, o‘zing yorlaqa, yaratgan egam, 
Iblis yuraklarga qutqu solmasin. 
Vijdondan mosuvo etmagin hech ham, 
Toki u xotirot bo‘lib qolmasin. 
1994 
ERKINLIK 
Egasi yo‘q tulporman, 
Dala-dashtda kezguvchi. 
Uchib yurgan shunqorman
Har sharpani sezguvchi. 
Qo‘lga tushsam tulpor deb 
Ko‘pkariga solurlar, 
Yo, bos, qani, shunqor deb 
O’ljasini olurlar. 
1994 
SHUKUR BURHON 
Azamat bir chinor
Ayqirgan daryo. 
Undan nariroqda salobatli tog‘. 
Tepada poyonsiz haybatli samo, 
Atrofda ufqqa tutash dala, bog‘. 
Chinor soyasida ulug‘ mo‘ysafid 
Sokin kuzatadi yeru osmonni. 
U Shukur Burhondir, goho shu taxlit 
Tasavvur qilaman O’zbekistonni. 
1994 
BOSHPANA 
To hayot ekansan bu olam aro 
Boshingga savdolar tushgay rang-barang. 
Gohida shukr aylab sevinsang, goho 
Juda ko‘p narsadan sovir hafsalang. 
Yuragingni siqar ming bitta savol, 
Do‘st deb bilganingning adovatlari. 
Qiynar unutilish, mavhum istiqbol
O’tgan yo‘llaringning nadomatlari. 
Deysan nahot g‘olib dunyoda iblis, 
Nahot yaxshilikning boshi doim xam. 
Chulg‘ab olganida shundayin bir his, 
Qayga qochar eding, bechora odam. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Faqat tabiat bor - ilohiy maskan, 
Faqat o‘shanga sen bepisand boqma. 
Loaqal uni sen tanigin, Inson, 
Yolg‘iz boshpanangni o‘t qo‘yib yoqma. 
1994 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin