Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

ESKI CHORIQ 
Oldingda turibdi to‘kin dasturxon, 
Endi unut bo‘lgan go‘jang-tarig‘ing. 
Balki eslamassan, qayda bu zamon
O’sha, sudrab yurgan eski chorig‘ing. 
Tasmadan bog‘langan oddiy poyafzal 
Garchi yo‘qsillikning misoli erur. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
Bilsang, u men uchun ming darsdan afzal, 
Dunyo hikmatlarin timsoli erur. 
Bir kuni qutulib zulmat-soyadan 
Omad narvonida ko‘targaysan qad. 
Lekin bu omonat pillapoyadan 
Balki yiqitgaydir seni ham hasad. 
Shunda tashlab qochar ne-ne do‘st, yoron, 
Axir ular uchun so‘ngan yorug‘ing. 
Og‘zi qulog‘iga yetgancha shodon, 
Seni kutib olar o‘shal chorig‘ing. 
1996 
IKKI KALAMUSH 
Kalamushlar, kalamushlik ishi qolib
Talashardi uyasidan chiqib olib. 
Men adirning bu yog‘idan, derdi biri, 
Men adirning u yog‘idan, derdi biri. 
Ikkisi ham qo‘ymadi hech kerilarin, 
Bir kun ovchi shilib ketdi terilarin. 
Aytganlarim hikmat emas, masal emas
Har kimga ham yoqadigan asal emas. 
Ochiq gap shul: ajratmangiz yeringizni, 
Toki shilib ketmasinlar teringizni. 
1996 
(Turkum) 
XALQARO ANJUMAN 
Mana, o‘tsa hamki necha zamonlar, 
Bu yerda yig‘ilar siyosatdonlar. 
Afriqolik habash, bolqonlik bulg‘or, 
O’risu Rumo Chin - bunda bari bor. 
Biri muslim bo‘lsa, biri butparast, 
Biri nasoron-u, biri o‘tparast. 
Biri tund, birovin nazari issiq
Biri menga o‘xshar - ko‘zlari qisiq. 
Sariyga o‘ralgan birin sumbati, 
Birovin boshida tustovuq pati. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
Turfa tillar bunda boshlasa bozor, 
Xudodan boshqaning farqlashi dushvo 
Bu yerda o‘tgaydir na pul, na savlat, 
Bu yerda o‘z so‘zin aytar har davlat. 
Notiqlar va’zlarin toki boshlaydi
Muhtasham gaplarni qalab tashlaydi. 
Goho qay birovi qizishgani dam, 
Sipqoraman deydi ummonlarni ham. 
Tunu kun bahs qilib bo‘ylashar ular, 
Dunyoning taqdirin o‘ylashar ular. 
Qo‘shni fin so‘raydi sekin, aylab noz: 
Janob, Siz kim uchun bergaysiz ovoz? 
Men ham esnayman-u, ko‘krak keraman: 
O’zbekiston uchun ovoz beraman! 
1996 
JENEVA 
Jeneva, 
Jeneva, 
Necha kunlarim 
Sening iliqqina bag‘ringda o‘tdi. 
Tashvishli damlarni yurak unutdi
Moviy bo‘shliqlarga singdi unlarim. 
Zangori ko‘l uzra chayqalar oqqush, 
Mayin patlariga to‘lqin yuqmaydi. 
Yiroqda Monblan tog‘i uxlaydi, 
Oppoq qor choyshabin tagida behush. 
Yashil maysazorning ipak qatiga 
Ninachi shabnamdan qadaydi durlar. 
Quyuq daralarda potrar qarqurlar, 
Jar solib tevarak, mamlakatiga. 
Cho‘qqilar ortidan o‘rmalar bulut, 
Birdan tinib qolar o‘tloqdagi toy. 
Shivalab o‘tadi yomg‘ir, hoynahoy, 
Borliqqa cho‘kadi novvotrang sukut. 
Jeneva tin olar ma’sum va yovvosh, 
Billur tomchilarda nozik yaltirar. 
Zum o‘tmay yana sho‘x barglar qaltirar, 
Yana ko‘rinadi jilmaygan quyosh. 
Jeneva, 
Jeneva 
Ilhom yulduzi, 


Saylanma. Abdulla Oripov 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin