Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

OQLAR VA QORALAR 
Hozir rang ajratish zamoni emas
Har qanday ishora qalbni yaralar. 
Va lekin bir-birin har zum, har nafas 
Qo‘llab-qo‘ltiqlarkan zangi - qoralar. 
Odamzod xolimas kindan, aldovdan, 
Qilmaysan, kim-kimni goho saralar. 
Oqlar g‘ijillashib turganda, g‘ovdan 
Sakrab o‘tib ketar birdan qoralar. 
Birodar, gapni sen ko‘rgandan so‘ra, 
Demagil, she’ringda sharpa oralar. 
Bir-birin yeb yotgan oqlardan ko‘ra, 
Afzal-ku hamjihat o‘sha qoralar. 
1996 
“JAMAYKA” 
Bir vaqt Robertina ismlik bola 
“Jamayka, Jamayka” deya kuylardi. 
Yurakning tubiga yetib bu nola, 
Olis Jamaykani har kim o‘ylardi. 
O’sha gul diyorni ko‘rganmisan sen, 
Ilojin topolsang qanot bog‘lab uch. 
Axir o‘ylabmidim, Jenevada men 
Ayni Jamaykaga kelurman, deb duch. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Yoyib kokillarin, turibdi sanam
Qop-qora tun bilan o‘ralgandek oy. 
“Ming bir kecha”dagi ertaklarda ham 
Tavsif etilmabdir bundayin chiroy. 
Kimning peshonasin bezaydi bu la’l, 
Kimlarga hadya bu oppoq tabassum. 
Jamayka go‘zali, o, tengsiz go‘zal, 
Bir nafas shoshmay tur, qilg‘il tarah 
Boqib jamolingga, yuragimda mung
Olis yoshligimni esga olayin. 
Ortingdan “Jamayka, Jamayka”, deb 
U sirli qo‘shiqni kuylab qolayin. 
1996 
HABASH QIZ 
Nari ketolmayman bir habash qizdan, 
Juda o‘xshar ekan Senga ko‘z-qoshi. 
Bilmadim, o‘sha payt, qay biringizdan 
Nusxa olgan ekan falak naqqoshi. 
Loyingiz barobar qorgandir Xalloq
Ayni ilhom chog‘i ijod etgandir. 
Anavi habashning nusxasi biroq 
Xumdonda uzoqroq qolib ketgandir. 
1996 
HIMOYAT 
Dilimni ezadi gohida xayol, 
Gumonlar, shubhalar zabtiga olgay. 
Vaqt yetib, tiriklik topganda zavol
Nahotki baytlarim egasiz qolgay. 
Axir vayron bo‘lur qarovsiz uy ham, 
Bog‘bonsiz gulshan ham so‘lgay bir kuni. 
Asriy imoratlar yemrilgay kam-kam, 
Kimdir himoyatga olmasa uni. 
Lahzada ming bora turlanadi rang, 
Sobit bir suratni topmog‘ing qiyin. 
Bugun salom bersa agar nabirang
Yaxshisi, alik ol yuz yildan keyin. 
1996 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin