Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

FAZOGIR SOLIJON 
Nyu-York. Amerikaning “Indevor” kosmik kemasi Floridadagi “Mise kanaveral” 
kosmodromidan osmonga uvaffaqiyatli ko‘tarildi... Ushbu kema ekipaji a’zolari orasida 
Qirg‘izistonda tug‘ilgan o‘zbek millatiga mansub Solijon Sharipov ham bor. (O’zA 
xabaridan) 
Osmonda bir o‘zbek uchib yuribdi, 
Fazogir Solijon, gapning sirasi. 
Yulduzlar vasliga boqib turibdi 
Mirzo Ulug‘bekning chin nabirasi. 
Turkiy dunyomizga yana bitta zeb
Solijon samoni ko‘rgali ketdi. 
Bobom yulduzlari joyidami, deb 
Ularning holini so‘rgali ketdi. 
1998 yil, yanvar 
TOYCHOQ 
Jeneva ko‘lining sohilida shan
Toyning haykalchasi tovlanar har choq 
Do‘rmon bog‘larining etaklaridan, 
Qanday kelib qolding bu yerga, toychoq 
Hordiqqami desam, hali yoshsan-ku, 
Hali charchamagan asablaring ham. 
Toshkent o‘tloqlari emasmi inju
Senga Jenevada nima bor, oshnam?! 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Toychoq kishnab deydi: - Mana shu ko‘ 
Sig‘may qoldingizmi siz ham u yoqqa. 
Akangning holidan xabardor bo‘l, deb, 
Jo‘natib yubordi yangam bu yoqqa... 
1998 
JAHONGASHTA 
Bir kun so‘radilar jahongashtadan: 
- Aytgil, bir yurakka olam siqqaymi 
Yoki yo‘qmi senda turar joy, vatan, 
Sang‘ib yurmoqlikdan shoxing chiqqaymi? 
U dedi: toqatim yo‘qdir firoqqa, 
Men asli muhabbat uchun yarayman. 
Faqat gohi-gohi ketib yiroqqa 
Yurtni dast ko‘tarib, to‘yib qarayman 
1998 
FIDOYI 
Sochilib yotadi oltin va gavhar 
Tog‘larning qa’rida yo qumloq soyda. 
Kimdir zahmat chekib yig‘masa agar, 
U pinhon boylikdan, ayting, ne foyda. 
Bedov ot kezadi cho‘llarda yaydoq, 
Falakka yetgudek shaxdi, shiddati. 
Yovqur bir chavandoz bo‘lmasa biroq 
Ayting, chiqarmidi dong‘i, shuhrati. 
Asriy jumboqni ham bir fozil yechgay, 
Darg‘asiz kemaning suzmog‘i gumon. 
Kimdir halovatu uyqudan kechgay. 
Shundan Vatani tinch, xalqi ham omon. 
Fidoyi Insonlar: balki rahnamo
Balki oddiy zotdir - har qayda bordir. 
Ular unutgaylar o‘zin doimo, 
Chunki qo‘llovchisi Parvardigordir. 
Bor bo‘l, ezgulikka baxshida hayot, 
Zahmating tufayli yetding niyatga. 
Shohmisan, fuqaro - endi umrbod 
Daxldor bo‘lding sen abadiyatga. 
1998 yil, yanvar 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin