Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


FAXR  Saylanma. Abdulla Oripov  www.ziyouz.com



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

FAXR 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi sessiyasida o‘qilgan she’r 
Kimdir maqtanadi san’ati bilan, 
Birov ilmu fanga rag‘bati bilan. 
Kimdir she’ri bilan maqtansa, kimdir 
Maqtanar mol-dunyo, davlati bilan. 
Kimdir o‘rmonlarin ko‘kka ko‘tarsa, 
Kimdir gerdayadi shaxmati bilan. 
Ularning bari-ku insonga xosdir
Birma-bir kelgaydir navbati bilan. 
Toshkentda haykal bor bir oilaga, 
Shon topmish yetimga shafqati bilan. 
Ahli Kesh maqtansa arziydi - Temur 
Jahonni zabt etdi sarvati bilan. 
O’zbekning boshidan zar sochsin dunyo, 
Topdi u rizqini zahmati bilan. 
Uning asosidir - buyuk bobolar 
Bizga ibrat bo‘ldi mehnati bilan. 
Bizdek nochorlar-ku yerga qaraymiz, 
Kimdir osmon bo‘ldi savlati bilan. 
Qashqadaryo xalqi faxr etar doim 
Islomi yaratgan shavkati bilan. 
1998 yil, iyun 
HISOBOT 
Hayotda uchraydi turli hodisot, 
Balki biri yaxshi, boshqasi yomon. 
Lekin har biriga bordir hisobot, 
Qayda u yuz berdi? Kim bilan? Qachon? 
Necha buyuk zotlar o‘tdi hasratda, 
Bog‘larda quzg‘unlar oshiyon qurdi. 
Mana shu asrda, shu mamlakatda
Kelgindi kimsalar davrini surdi. 
Men-ku, o‘ylamasman o‘zimni bukun, 
Har qalay, el bilan o‘lmagan jonman. 
Battol asr hali topmasdan yakun 
Ozod bo‘la olgan O’zbekistonman! 
Sharaflab taqdirning iltifotini 
Mujdalar kelmoqda ovuldan, kentdan. 
Qarangki, Istiqlol mukofotini 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
Olibmiz Birinchi Prezidentdan! 
1998 
TUSHMASIN 
U yiroq tog‘larga qor tushsa tushsin, 
Sening bog‘laringga zinhor tushmasin 
O’rtaga ayriliq, zor tushsa tushsin
Va lekin hech qachon ag‘yor tushmasin. 
Men sekin kuzatdim shitob dunyoni, 
Nechog‘ omonatdir odamzot joni. 
Qo‘ling endi oshga yetgani oni, 
Boshingga nogahon cho‘qmor tushmasin. 
Birov tinglamasa suxan ne kerak, 
Har kimga buyursin sirdosh bir yurak 
Agarda bor bo‘lsa sodiq do‘st-tirgak, 
Oraga to‘g‘anoq - devor tushmasin. 
Uchragay dunyoda turfa xil armon, 
Gohi g‘olibdirsan, goh mag‘lub, nolon. 
Ko‘nikkay bariga hayotda inson, 
Lekin g‘am ustma-ust, takror tushmasi 
Tepangda bor ekan Parvardigoring, 
Magarki elu yurt nomus va oring. 
Vatanni kuylamak bo‘lsa shioring. 
Dilingga boshqa hech qaror tushmasin. 
1998 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin