Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

BAXTSIZ FARISHTA 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Ma’sum farishtalar - go‘daklar bari 
Bulutlar ustida uchib yuribdi. 
Jannatning hayotbaxsh shabbodalari 
Parquv qanotlarin yelpib turibdi. 
Kunlari kechardi baxtli va shodon, 
Abadiy rohatga barchasi noil. 
Faqat bir farishta yashardi nolon
Faqat bir farishta qayg‘uga moyil. 
Sira yozilmasdi ko‘ngil chigili, 
Munglig‘ ko‘zlarida dunyoviy alam. 
Taskin berolmasdi behishtning guli, 
Taftin bosolmasdi kavsar suvi ham. 
Bir kun so‘radilar: - Ma’yussan nechun 
Axir sen - begunoh, sen yaxlit savob! 
Bolakay farishta uh tortdi uzun
So‘ng sekin shivirlab, ayladi javob: 
- Meni ota-onam ketgandi tashlab, 
Do‘zaxda yonmoqda ular beomon. 
Shul sabab g‘amginman, ko‘zimni yoshlab 
Ularga tilayman shafqat va imon. 
1990 
YULDUZ QAZOSI 
Qazo qildi ko‘kda bir yulduz
Koinotda aza ochildi. 
Uzoq-yaqin dunyolarning o‘z - 
Ta’ziya toshlari sochildi. 
Qora kiydi bir nafas quyosh, 
Mung‘aygancha Oy qaltiradi. 
Zuhra yulduz berolmay bardosh 
Ko‘zlarida yosh yaltiradi. 
Ular kimga dillarin yorar, 
Cheksiz zulmat o‘ngu so‘lida. 
Tobutni jim ko‘tarib borar 
G‘uj bo‘lgancha Somon yo‘lida... 
1990 
YURAGIMNING TUBIDA BIR NOM 
Yuragimning tubida bir nom, 
Takrorlayman ohista: 
Niyatingga yetib yur mudom, 
Ko‘z tegmasin senga, Shohista. 
Men shoirman, forig‘ qil aybdan, 
Bayon etsam ko‘ngil maylini. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
Ajab emas, Alisher g‘aybdan 
Ko‘rgan bo‘lsa senda Laylini. 
Ismin yozsa chaqnasin qalam
Bosgan izing gullarga to‘lsin. 
Seningdayin pariro‘y sanam 
Bir Majnunga muborak bo‘lsin. 
Yuragimning tubida bir nom, 
Takrorlayman uni ohista. 
Niyatingga yetib yur mudom, 
Ko‘z tegmasin senga, Shohista. 
1990 
* * * 
Turfa tuyg‘ularni xush ko‘rdim g‘oyat, 
Dunyoning o‘zi ham rangin nihoyat! 
Boqma ajablanib satrlarimga, 
Baxtim rivoyatdir, g‘amim hikoyat... 
1990 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin