Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
QUL VA QUYOSH 
Demasman, zulmatda mudom faryod qil, 
Himmat nuri bilan dilni obod qil. 
Rasululloh demish:. Oshma haddingdan, 
Quyosh tutilganda qulni ozod qil! 
DILOZOR 
Bunchalar dilozor bo‘lmasang, kimsa, 
Maqoming bandai mo‘min-ku axir?! 
Kimdir jigarini tuproqqa ko‘msa 
Holin so‘ramasang, toshmi bu bag‘ir? 
Tepangda porlaydi oftob charog‘on, 
Sen esa atrofni butkul tun deysan. 
Kimningdir diliga cho‘ksa zimiston, 
Sen uning holini yorug‘ kun deysan. 
Bir mahal duch kelib sendek baloga
Payg‘ambar oh chekmish, qalbi to‘la zor. 
Rasululloh demish: hatto Musoga 
Ummati bunchalik bermagan ozor. 
1991-1992 yillar 
O’ZBEKISTON DAVLATI 
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik. 
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham, 
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik. 
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston, 
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi. 
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi. 
Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan, 
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman. 
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan 
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman. 
Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda, 
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror. 
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda 
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor! 
Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar, 
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni. 
1992 yil, 4 mart 
MUSOFIR 
Burunni sassiq deb kesib bo‘lmaydi, 
Siz meni tushuning, Abdullo aka. 
O’zbekman, va lekin darbadar daydi, 
Tasalli berolsa qaniydi Makka. 
O’zbek deb ajratar Afg‘onga borsam, 
Menga kelgindi deb qaraydi Arab. 
Tinglovchi kimsa yo‘q dardimni yorsam, 
Faqat ezilaman onamga qarab. 
Garchi kamim yo‘qdir molu dunyodan
Oshyoni omonat qushman aslida. 
Yiroqman yurt degan mehrigiyodan, 
G‘aribman umrimning qaynoq faslida. 
Qo‘lda qurol bilan jang qildim men ham, 
Afg‘on tuprog‘ini bosganida yov. 
Hech qursa bir nafas, hech qursa bir dam
Bosqinchi yo‘liga bo‘la oldim g‘ov. 
Jangda inilarim bo‘ldilar shahid, 
Yolg‘iz onam bilan qoldik ikkovlon. 
Meni atadilar manfur mujohid 
Shimol galalari makkor, beomon. 
Jayhunning ortidan kelgan o‘zbegim, 
Qurol ko‘tarmishdir o‘rtanib joni. 
Bugun men olamga oshkora degum, 
U ham sho‘rolarning bo‘ldi qurboni. 
Menga qo‘li qon deb boqmang, akajon, 
Ozodlik qadrini men ham bilganman. 
Janglarda qay o‘zbek bergan bo‘lsa jon, 
Uning qatorida men ham o‘lganman. 
1992 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin