Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/84
tarix21.09.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#117910
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Bir bora qaynaydi har holda qozon
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi, 
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon, 
Echkini qoyadan urib tushirdi. 
1993 
QORAQALPOG‘IM 
Men o‘zbek, sen esa qoraqalpoqsan, 
Turklar dunyosida sen ham urvoqsan, 
Gar men tuproq bo‘lsam, sen ham tuproqsan
O’zbekka azaliy qarindosh, inim. 
Orol bo‘ylarida topganding orom, 
Sholi, baliq edi senga rizqu kom
Nahot endi yo‘qdir to‘lg‘izilgan jom, 
Nahot qolding yolg‘iz, ko‘zda yosh, inim. 
Mana - bu Ibroyim, Tulebbergan bu, 
Qoraqalpoq baxtin tilab yurgan bu
Yaratgandan haqqin so‘rab turgan bu, 
Iloyo boshginang bo‘lsin tosh, inim. 
Seni qo‘llab turar ulug‘ mamlakat, 
Yurtboshi yaxshilik tilaydi faqat
Niyating hamisha bo‘lsin ijobat, 
Ham yo‘ldosh, ham qo‘ldosh, ham sirdosh inim. 
Umidvor yashaymiz doril zamonda, 
Birimiz Nukusda yoki Qo‘qonda, 
Umuman aytganda O’zbekistonda, 
Senga bo‘lajakmiz ko‘zu qosh, inim. 
1993 
O’ZBEKISTONIM, SENGA 
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, 
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. 
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga. 
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng, 
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga. 
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing, 
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga. 
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim, 
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim, 
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga. 
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga. 
1993 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin