Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
— Ana, ko‘rdingizmi? — Damin shunday deb xitob qilib, oyoqlarini tanchadan 
chiqardi-da, cho‘kkalab o‘tirib oldi. — Farosatiga qoyil qoldingizmi? Bitta gap bilan 
Xadichasini gunohlardan forig‘ qilib yuboribdi. 
— Bir-ikki kunda shifoxonadan chiqadi. Turgan gapki o‘g‘lining oldiga bormaydi. Bu 
yerga ham kelmasa kerak. Balki... 
— Gapingizni tushundim. Bugun-erta tushib boraman. Uch-to‘rt kun uyida turaman. 
Keyin zo‘rlab bo‘lsa ham bu yerga olib chiqaman. Yo‘q... yaxshisi Xadichasini o‘ziga 
nikohlab qo‘yish kerak. 
Daminning gaplari Solihovga ma’qul kelib, u bilan xayrlashdi. 
Shaharga oqshomda qaytdi. Idorasiga borishdan avval Jahongirning holidan xabar 
olish uchun shifo uyiga bordi. Navbatchi uni kutilmagan yangilik bilan qarshiladi: 
— Bemorning o‘g‘li bir odam bilan keldi. O‘zining aytishicha xitoylik tabib ekan. Bemor 
uni ko‘rib tikilib qoldi. Keyin ahvoli o‘zardi. Tabibni o‘ziga yaqinlashtirmadi. 
Solihov «Xitoylik tabib ekan», degan so‘zni eshitib, sergak tortdi. Yonidagi suratlarni 
chiqarib, navbatchi tabibga berdi. U Murodillaning suratini ajratib, «shu kishi» dedi. 
«Yo‘lchivoy uni nima uchun olib keldi? Maqsadi nima? Jahongir uni ko‘rib, nima 
sababdan bezovtalandi?» 
Mayor Solihov shu muammo bilan Jahongir yotgan xonaga kirdi. 
— O‘g‘lingiz bilan kim keldi? — deb so‘roqni boshladi. 
Uning fikricha endi qat’iyroq harakat qilish vaqti yetgan edi. Shu sababli gapni 
uzoqdan boshlab o‘tirmadi. Mayorning maqsadini Jahongir ham tushundi. «Vaqt o‘tgani 
sayin ularning asablari qaqshayveradi. Pichoq suyakka taqalibdi. Endi lutfu karam qilib 
o‘tirishmaydi» — Jahongir shu to‘xtamga kelib, javob berdi: 
— Tabib emish. 
— Uni tanimaysizmi? 
— Yo‘q. 
— Damin oshnangiz tanir ekan. 
— U aytaveradi. 
— Akangizni ham tanigan edi. Akangizning oshnasi Murodillani ham tanidi. 
— Damin tanigan bo‘lsa tanigandir, men u odamni birinchi ko‘rishim. 
— Shundaymi? — Solihov unga savol nazari bilan tikildi. Jahongir bu qarashga dosh 
berolmay, yuzini burdi. Shunda mayor tavakkal qildi: — Siz uni oldin ham ko‘rgansiz. 
Daydidarada, beshinchi oktyabrda... 
Solihovning gapi og‘zida qoldi. 
— Yo‘q. 
Jahongir jon holatda shunday deb, titroq qo‘llari bilan yuzini changalladi. 
— Yo‘q, — dedi yana xirildoq ovozda. 
— Uchinchi odam kim edi? — deb so‘radi mayor uning ahvoliga parvo qilmay. 
— Bilmayman. 
— Siz uni ko‘rgansiz, ayting! 
— Ko‘rmaganman. 
— Akangizni nima uchun o‘ldirgan? 
— Bilmayman... 
— Qasdi bo‘lsa, endi navbat oilasiga yetsa-chi? 
— A? — Jahongir mayorga baqrayib qarab qoldi. U shunday bo‘lishi mumkinligini 
o‘ylab ko‘rmagan edi. «Bu qanaqasi?! Yetdim deganimda yiqilamanmi, ulardan 
ajraymanmi?» Shu fikrning o‘ziyoq badanini muzlatib yubordi. 
— Nachaynik, meni bu yerdan chiqaring, — dedi u g‘o‘ldirab. — Uni o‘zim topaman... 
o‘zim o‘ldiraman... 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin