Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Kishi agar yuz, agar ming yil yashasa ham o‘ladi. Faqat bu kuch qachon kelishini 
bilmaydi. Umrimiz boricha yashayveraylik-chi. 
Jahongir bu gapini eshitib, mudarrisi tez-tez takrorlaydigan baytni esladi: 
— «Agar sad sol moni var yake ro‘z, 
Biboyad raft azin koxi dilafro‘z». 
Daminning forschaga tishi o‘tmas edi. 
— O‘zbekchalab tushuntir, — dedi u. 
— O‘zbekchasi sen aytgan gapga o‘xshaydi: agar yuz yil va agar birgina kun 
yashasang ham, ko‘ngil ochuvchi bu qasrdan ketish kerak bo‘lur. 
— Ha, afsuski, ketish onlarimiz yaqinlashyapti. Men o‘lib ketishimdan 
afsuslanmayman. Armonim boshqa — havoda qushning, suvda baliqning, hayotda esa 
bizning izimiz qolmaydi. Shunisiga dog‘man. 
Jahongir sukut saqladi. So‘ng do‘stini ranjitib qo‘ymaydigan ohangda dedi: 
— Damin, mening izim qoladi. Xudoga shukr, o‘g‘lim, nevaralarim bor... 
— Bilaman... Shuning uchun endi ko‘proq yashashing kerak. 
— Sen afsus chekma. Odamlar yuragiga yaxshilik urug‘ini qadagansan. Sening izing 
shu. Odamning barcha yaxshi-yomon ishlari ketidan soyadek ilashib yuradi. Sening 
yaxshi ishlaring ko‘p. Men birovga yaxshilik qilishga ham ulgurmadim. Men armon 
qilsam arziydi. 
— Sen... Xadichani taloq qilgan ekansan... Endi... nikohingga ol. 
Jahongir darrov javob bermadi. U do‘stiga ko‘nglidagi niyatini oshkor qila olmas edi, 
shu niyati nikohga yo‘l bermasligini tushuntirishga haddi sig‘mas edi. 
— Ko‘p o‘ylama, shariat yo‘l beradi, — dedi Damin. 
— Shariat-ku, yo‘l beradi... — Jahongir shunday deb xayoliga kelgan bahonadan 
quvondi. — Iddat degan qoidalar bor. 
— Iddating nima? 
— Beva ayol erining vafotidan so‘ng bir yuz o‘ttiz kun sabr qilishi kerak. Shu 
vaqtgacha men unga nomahramman. 
Damin tizzasiga shapatilab qo‘ydi. Yarim tunga qadar ikki oshna o‘tgan-ketganlarni 
eslab, gaplashib o‘tirishdi. 
Ertalab Damin uyg‘onganida Jahongir tasbeh o‘girib o‘tirardi. Endigina tong otgan
tunning o‘zi chekingani bilan, salqini hali hukmron edi. Ko‘cha tomondan charxning 
shig‘illashi, charxchining «Pi-choq chax-layman!» degan xitobi eshitilardi. 
— Namuncha ertalabdan kelmasa bu charxching, — dedi Damin oyog‘iga maxsisini 
kiya turib. 
Bu charxchi anoyi emas, pichoq bahona meni poylayotgandir. 
Damin uning gapiga ishonmay, ko‘cha eshigini ochib qaradi: charxchi — o‘rta yosh 
kishi — qo‘li ishda-yu, ko‘zi alang-jalang edi. 
Nonushta qilib o‘tirishganda eshikda Yo‘lchivoy, so‘ng Murodilla ko‘rindi. Jahongir 
uning albatta kelishini bilardi. Lekin bunchalik tez yo‘qlar, deb o‘ylamagan edi. Ular bir 
piyoladan choy ichishgach, Murodilla muddaoga ko‘chdi: 
— Kecha o‘rtog‘ingizni shifoxonaga borib ko‘rgan edim. Rozi bo‘lsalar bugun muolajani 
boshlasak, — dedi u Daminga qarab. — Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin deydilar. 
— Damin, bu kishi Xitoydan kelgan tabiblar. Seni ham ko‘rib qo‘yadilar, — dedi 
Jahongir hayron bo‘lib o‘tirgan do‘stiga. 
— Xitoylik deysanmi? Taqsir, men sizni bir odamga o‘xshatdim. Tepabellik Murodilla 
aka emasmisiz? 
Murodilla kulimsiradi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin