www.ziyouz.com kutubxonasi
125
Jahongir Murodillaga g‘azab
bilan tikilib qaradi, so‘ng engashib tugundagi tilla
tangalardan
bir hovuch oldi-da, unga qarab otdi.
— Ma, to‘y, iblis!
Murodilla uning gaplariga parvo qilmadi. Sochilib yotgan tilla tangalarga ochko‘zlik
bilan qaradi-da, yugurib borib o‘raga engashdi. Shu vaqtda Jahongir qo‘yniga qo‘l tiqib
so‘nggi, bittagina o‘qi qolgan to‘pponchani oldi.
Bu vaqtda Solihov sheriklari bilan chinorga yaqinlashib qolgan edi.
XOTIMA
Qissaga shu yerda nuqta qo‘ydim. Shu nuqtaga
qadar men bilan hamfikr, hamnafas,
hamdard bo‘lganingiz uchun Sizdan minnatdorman.
Bu uchrashuvdagi so‘nggi so‘zim: Toshkentning
kunchiqariga joylashgan, bir vaqtlar
ovloq joy bo‘lgan Daydidarada, qorniga o‘t qalab, o‘yib tashlangan
keksa chinor poyida
choyxona bor. Yo‘lchivoyning choyxonasi qaerda, deb so‘rasangiz, yoshu qari yo‘l
ko‘rsatadi. Xuddi shu choyxonada o‘tirib, hayratlanarli voqealarni eshitganimdan so‘ng
menda mazkur asarni yozish fikri tug‘ildi. Agar bayonimga ishonmasangiz, Daydidaraga
boring, o‘z qulog‘ingiz bilan eshiting.
Vassalom. Siz bilan yana uchrashish umidida xayrlashaman.
1988 yil.
www.ziyouz.com
2007