Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
— Uslubingizga tushunmayapman, o‘rtoq mayor. Rizaev bo‘yniga oldi, etigining izi 
tasdiqlab turibdi. Bu tasdiq ham yetmasa, ana, oshnasi ham aytyapti. Borgan. 
Sarosimada qaytgan. Nima uchun sarosimada qaytgan? O‘likni ko‘rib qo‘rqib ketganmi? 
Be, bunaqalar o‘likdan qo‘rqmaydi. Otishga otib qo‘yib esxonasi chiqib ketgan. Balki 
Xudo oldida gunoh qilib qo‘yganidan qo‘rqqandir? 
— Bu sizning uslubingiz, o‘rtoq kapitan. Siz arqonni kalta tashlar ekansiz. Men uzun 
tashlayman. Sizning taxminlaringizni ham hisobga olaman, rahmat. 
— Harholda Daminni nazardan qochirmang. Gaplariga e’tibor berdingizmi? U bizni 
haqorat qildi. Lekin siz indamadingiz? 
— O‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Bizning hamkasblarimiz uning umriga zomin 
bo‘lishgan. Endi bizdan nafratlanishga haqqi bor. 
Bu gap tutab turgan o‘t ustiga moy sepdi — Jabborov yonib ketdi. 
— Haqqi yo‘q, bildingizmi, haqqi yo‘q davlat organi odamlarini haqoratlashga, — dedi 
u ovozini balandlatib. — Uni bizning hamkasblarimiz qamagani yo‘q. Biz uning kimligini 
qaydan bilib o‘tiribmiz? O‘z odamlari, o‘zining yaqinlari bo‘yniga sirtmoq tashlab bizga 
ro‘para qilishdi. Biz ularning gaplariga ishonib turmaning eshigini ochib berdik. Mening 
o‘rnimda siz bo‘lganingizda siz ham ochib berar edingiz. Siz hozir bizni ayblayapsiz. 
Hozir xo‘p deyishdan o‘zga choram yo‘q. Lekin vaqti kelib biz qaddimizni ko‘taramiz. 
Avlodlar vaziyatni to‘g‘ri tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradilar. Jamiyatning taqdiri o‘sha 
yillari qil ustida ekanini tushunib yetadilar. Haqiqiy unsurlar bilan birga tuhmatga 
uchraganlar ham ketdi. Xo‘sh, nima bo‘pti? Jamiyat unsurlardan tozalandi-ku?! 
— Faqat unsurlardan emas, oqillardan ham. 
— Ha, oqillardan ham. Lekin jamiyat tirik! Sizning fikrlaringiz meni ajablantiryapti, 
o‘rtoq mayor. Siz kommunistsiz-ku axir? 
— Ha, kommunistman, shuning uchun ham partiyaga dog‘ tushirgan ishlarga befarq 
qaray olmayman. 
— Siz Daminga o‘xshaganlarni butunlay oqlab yanglishasiz. Gapiga 
tushunmadingizmi? Jamiyatimiz emas, «jamiyatingiz» dedi. U o‘zini bizning jamiyatga 
mansub deb bilmaydi. 
Faqat ugina emas, ko‘pchilik shunday fikrlaydi. Chunki jamiyat tizgini uzoq vaqt 
bizga o‘xshaganlar qo‘lida edi. Bu, birinchidan. Ikkinchidan, jamiyatni o‘zgartirishdan 
avval odamlar ichki dunyosini, ruhiyatini o‘zgartirish, ong darajasini ko‘tarish lozim edi. 
Avval jamiyatni o‘zgartirib olib, so‘ng odamlarni shunga mos ravishda o‘zgartirish 
mumkin emas. Biz ana shu mumkin bo‘lmagan ishni amalga oshirish uchun tish-
tirnog‘imiz bilan kurashdik. Damin akaga o‘xshaganlar xavfli emas. Aksincha 
«jamiyatimiz!» deb ko‘krakka urib, jar soladiganlar xavfli. 
— Men bu masalada siz bilan murosa qila olmayman. 
— Shuning uchun bahslashib yurmasdan, qotilni topishni o‘ylaylik. Haq-nohaqni 
ajratadigan eng odil hakam — vaqt. 
Loy yo‘ldan borayotgan bu ikki odamning fikri, dunyoqarashi oyoqlaridagi poyabzallari 
kabi xilma-xil edi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin