So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
— «Muhammadrizaev, beshinchi oktyabr kuni Qirqbel qishlog‘iga
nima uchun
bordingiz?
— Do‘stimni ko‘rgani.
— U bilan nimalarni gaplashdingiz?
— O‘zi aytgandir.
— Men sizdan eshitmoqchiman.
— Olloh yo‘liga qayt, bedinlardan yuz o‘gir, dedim.
— Yana?
— O‘lib qolganimni eshitsang, ruhimga duo bag‘ishla, dedim.
— Daydidaraga nima uchun bordingiz?
— Ov qilgani.
— Miltiqsiz-a?
— Kim aytdi?
— Do‘stingiz.
— Bekor aytibdi, miltig‘im bor edi. U meni asrab qolmoqchi bo‘lgan.
— Marhum oqsab yurarmidi?
— Yo‘q.
—
Qaerdan bilasiz, yurganini ko‘rdingizmi?
— Ko‘rmadim. Nachaynik, chalg‘itmang meni.
— Daydidarada do‘stingiz Damin ham bormidi?
— Yo‘q edi.
— Murda atrofidagi uchinchi iz kimniki?
— Bilmayman.
— Boring, damingizni oling...»
Tepasi temir to‘r bilan yopilgan uzun dahlizdan yurib kelayotgan Jahongirning
xayolida shu savol-javob charx urardi. Har bir qadam tashlashi — bir savol.
Har bir
qadami uni mavhum olamga tortadi. Eshik sharaqlab ochiladi. Bu hibsxona eshigi emas
— o‘sha mavhum olam eshigi. Undagi temir karavot ham, qattiq yostiq ham —
barchasi
mavhum. «Bu dunyochi? Bormi o‘zi bu dunyo? Xudo bu dunyoni nima uchun yaratdi?
Odamlarni sinash uchun... Men o‘tolmayapmanmi bu sinovdan?..»
Jahongir shu o‘y bilan band bo‘lib ichkari kirdi. Karavotiga o‘tirdi. Hech kim undan
«holing nadir», deb so‘ramadi. Jahongir atrofiga qaradi: unga e’tibor beradigan zot
ko‘rinmadi. Avvalgi kuni shunday bo‘lishidan rizo edi. Bugun o‘kindi. Daminning yolg‘izlik
haqidagi aytgan gapini eslab o‘tirganida shundaygina yuvingich yaqiniga qo‘yilgan
karavot temiriga peshonasini bosib turgan odam o‘krab yubordi.
Qamoqxona uchun
bunaqangi yig‘i, dodlash, faryod urish yangilik emas. Erkdan mahrum bo‘lishni har kim
har xil hazm qiladi. Birov tinmay xo‘rsinadi, birov oh uradi. Jahongirga o‘xshab avval
ham qamoq jabrini tortganlar bunday manzaraga aytarli e’tibor bermaydilar.
Chunki
faryod urgan odam biroz fursat o‘tmay o‘zini bosib oladi, qilgan ishidan xijolat ham
tortadi. Shu sababli g‘amga bandi bo‘lib to‘lg‘onayotgan odamni xoli qo‘yish kerak.
Qamoqxonaning taomili shu. Biroq taomil deganlari har
qadamda buzilgani kabi bu
yerda ham chetlab o‘tilishi tabiiy. Faryod urayotgan kimsaga dalda beruvchi, yupatishga
urinuvchi mehribonlar topildi. «Qo‘ying endi, o‘zingizni bosing»,
degan gaplardan keyin u
battar avjiga chiqdi. Eshikka otilib, mushtlari bilan do‘mbira qila ketdi.
— Berahmlar, zolimlar! — deb qichqirardi u bor ovozi bilan. Qo‘yvorlaring meni, hech
bo‘lmasa bolalarimni o‘z qo‘lim bilan qo‘yay yerga. Oxirgi marta bir ko‘ray bolalarimni!..
Odam temir eshikni ura-ura toliqdi. Uni karavotiga qaytardilar.
— Bu qanday ko‘rgulik, bu qanday ko‘rgulik-a! —
U odam shu gaplarni takrorlar,
dam-badam peshonasiga urib qo‘yardi. Bir mahal u o‘rnidan turib atrofga alangladi:
So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik
Dostları ilə paylaş: