Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
— Ahvolimga tushunib bo‘psiz! Sizni ayblamayman! Ammo hamkasblaringizda vijdon 
yo‘q. Birontasi chiqib, tavba qildimi? Mayli, bizga tavba qilishmasin, marhumlar xotirasi 
oldida tavba qilishsa bo‘lardi. Ha, mayli, qo‘ying ularni. Mendan nimani istaysiz? 
— Yigirma ikkinchi yilda birga o‘girganlaringda kimdandir o‘ch olishi lozimligini 
gapirganmi? 
— U yerlarda, azizim, o‘ch olish haqida emas, tirik qolish haqida gap borardi.
— Akasi haqida gapirmaganmi? 
— Akasi?.. Nazarimda hech kimi yo‘q edi uning. Ha... opalari bo‘lgan. Quloq qilingan 
ekan. Izlab topolmabdi. O‘ttiz yettida uchrashganimizda shundan afsusda edi. 
— Peshonasidagi yozuvdan xabaringiz bordir? 
— Ha, «alqasosu minal haq». Bu «qasos olaman» degani emas, «Qasos Haqdandir» 
degani. Ya’ni, boshiga bu kunlarni solganlardan Xudoning o‘zi qasos oladi, demak. Nima, 
siz yigirma ikkinchi yildagi alam uchun endi o‘ch oldi, deyapsizmi? 
— Bo‘lishi mumkin emasmi? Pushkinni eslang: so‘nggi o‘qni otish uchun necha yil 
payt poyladi? 
— O, Pushkinni ham bilasizmi? Azizim, Pushkin bu asarni sizlarga qo‘llanma sifatida 
yozmagan. U san’at asari! Unda tirik odamlar, ularning ruhiyati bor. Sizlar uchun ruhiyat 
sariq chaqa-ku? Sizlarga dali kerak, guvoh kerak. Uchtagina guvoh... 
— Shaxsan men uchun sariq chaqa emas. Qotilning ruhiyatini bilolmasam, jinoyat 
ildizini ocholmayman. Siz ham bizning ruhiyatimiz bilan hisoblashmayapsiz. Xato qilindi, 
tan olindi. Lekin jinoyatlar davom etyapti, odamlar o‘ldirilyapti. Demak, jamiyat bizning 
xizmatimizga muhtoj. 
— Shundaymi? Lekin, azizim, bu xizmatlaringiz idorangiz gunohlarini yuvib 
ketolmaydi. Yuz yildan keyin ham bu malomatdan qutulolmaysiz. 
Ramazonov Komlevga e’tiroz bildira olmadi. «Chindan ham shunday, — deb o‘yladi u, 
— igna bilan topgan-tutgan obro‘ panshaxa bilan sovurildi. Yana igna bilan obro‘ to‘plash 
mumkin bo‘larmikin?» 
— Sergey Vasilevich, men siz bilan bahslashgani kelmovdim, — dedi kapitan gapni 
burishga majbur bo‘lib. 
— Ha, ha, tushunaman. Men savollarga javob berdim shekilli? 
— Siz Muhammadrizaev bilan uchrashishni istamaysizmi? 
Bu taklifni Komlev kutmagan edi. Shu sababli darrov javob bermadi. 
— Ochig‘ini aytsam, Muhammadrizaevning qotillikni bo‘yniga olishi bizda gumon 
uyg‘otgan. Jinoyat ildizi boshqa yoqda bo‘lishi kerak. 
— Hozir qamoqda o‘tiribdimi u? 
— Hozir... shifoxonada. 
— Yaxshi, boraman. Lekin sizga yordam berish uchun emas. Jahongir uchun 
boraman. Ertaga ilmiy kengashim bor. Raqiblarimni yanchib, keyin boraman. 
— Raqiblaringiz ham bormi? — dedi Ramazonov hazil ohangida. 
— O, siz nima deb o‘ylovdingiz, — dedi Komlev bu nimhazilni tushunmay. — Bizni sud 
oqladi, lekin hamkasblarimiz oqlagani yo‘q. O‘ttiz yettinchi yilda ilmiy ishimga qarshi 
turganlar hali ham qarshi. Olam o‘zgarib ketdi, lekin ularning dunyoqarashi 
o‘zgarmagan. O‘zbeklarga hayronman, Men rusman, o‘zbelarga qarab: «Tarixlaring 
boy», desam ular «Bizga bunday tarix kerakmas», deyishadi. Siz shirin palov pishirib 
qo‘shnilarga ulashsangiz-u, o‘zingiz och o‘tirsangiz, shunaqasi bo‘ladimi? Bo‘lar ekan. 
O‘zbekning madaniyat tarixidan butun dunyo bahramand, o‘zi esa ko‘zlarini yumib, 
quloqlarini berkitib olgan. Ko‘zni ochishga qo‘ymaydilar. Ertaga ular bilan olishaman. 
Umr so‘qmog‘ini kurash va alam shamollari supuradi. Undan kechib bo‘lmaydi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin