Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Ovqat mahali chol-kampir bir-biri bilan ko‘z urishtirib olishdi. Jahongir buni sezdi. 
Ammo ularning maqsadini anglamadi. Bir mahal cholning o‘zi yorildi: 
— Jenya, bir taklifimiz bor. Sasha senga juda o‘rganib qoldi. Hatto otasini ham 
unutganga o‘xshaydi. Men bilan ishi yo‘q, sening qaytishingni poylaydi. Birga bo‘lib qo‘ya 
qolganlaring durustmidi? 
Bu gapni eshitib Oynisa turib ketdi. «Voy sho‘rim», deb narigi xonaga qarab yurdi. 
— Olya, o‘tir, — dedi chol buyruq ohangida. 
Oynisa qaytib, omonatgina o‘tirib, boshini egib oldi. 
— Jenya, sen erkaksan, gapir. 
Jahongir oxir-oqibat shunay gap chiqishini bilardi. Xushro‘ygina, chaqqongina bu 
juvon har qanday erning qorong‘i yuragiga chiroq yoqishi mumkin edi. Jahongir ba’zan 
bu haqda ham o‘ylardi. Ammo uni bir o‘y ushlab turardi: u boshiga yana ne kunlar 
tushishini bilmas edi. Bu jamiyatning qora ro‘yxatiga tushib qolgan odamni aroq ichgani 
kiruvchi militsioner istagan paytida qo‘liga kishan urib olib ketishi mumkin edi. Buning 
uchun ortiqcha aytilgan bir so‘z yo yo‘qolgan bittagina cho‘chqa bolasi kifoya. Jahongir 
bularni sezib, o‘zini hamisha qilko‘prik ustidagi omonat odamday his qilardi. Bugun shu 
juvonga baxt beraman, deb uni ajdaho komiga itarib yuborishni istamas edi. Jahongir 
hozir bu gaplarni chol-kampirga, eng muhimi Oynisaga aytib tushuntira olmas edi. Shu 
sababli o‘ylab qo‘ygan boshqa fikrini o‘rtaga soldi: 
— Grigorich, Oynisani dastlab ko‘rganimda singlim bo‘ladi, deb o‘ylaganman. Siz 
aytganday ish yuritishimiz mumkin emas, meni gunohga qo‘ymang. Oynisa menga 
singil, bolalari jiyan. Samarxon meni tog‘a deydi, shunday deyaversin. Oynisa 
ko‘nsalar... men aka bo‘lay... — Jahongir shunday deb dsturxondagi bir bo‘lak nonni 
ikkiga bo‘lib, bir bo‘lagini Oynisaga uzatdi. Oynisa unga qaramagan holda nonni olib, bir 
uchini sindirib og‘ziga soldi. Qolgan bo‘lagini bolasiga uzatdi. 
— Non yemayman, — dedi Samariddin o‘jarlik bilan. 
— Yemasang tog‘ang xafa bo‘ladilar, — dedi Oynisa. 
Bola «shundaymi?» deganday Jahongirga qaradi. Jahongir jilmayib qo‘yib, o‘zining 
ulushini olgach, Samariddin ham nonni og‘ziga solib, apil-tapil chaynay ketdi. 
— Bu ishing ham ma’qul, — dedi chol. Kampir esa «attang», deganday bosh chayqab 
qo‘ydi. 
Ular shu zaylda aka-singil tutinishgani bilan o‘zaro kam gaplashishardi. Ayniqsa, 
yolg‘iz qolishdan qo‘rqishardi. Qasam ichishgan bo‘lsa-da, harholda orada shayton bor... 
Bu o‘lkalarga bir umr hokimman, deb qalingina qor tashlagan qish bahorning taftiga 
dosh berolmay chekindi. Shunchaki chekinmadi, balki hali yana qaytaman, kuningni 
ko‘rsataman, degan dag‘dag‘a bo‘ronlari bilan ketdi. Chindan ham oradan oylar o‘tib 
qaytdi. To‘s-to‘polon bilan emas, ayyorlik ishlatib kirib keldi: tunda hamma yoqni oppoq 
qor bilan egallab oldi... 
Jahongir o‘rmon etagida shu zaylda yana uchta qishni ko‘rdi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin