Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
Ular holdan toyguncha yurdilar. Professor oyog‘idan yaralangani boisidan uni ikki 
qo‘ltig‘iga kirib deyarli ko‘tarib borishdi. Kambag‘alning hovlisidek keladigan yalanglikka 
chiqib to‘xtashdi. 
— Endi qayoqqa boramiz? — dedi Tolibjon Jahongirga qarab. Professor o‘zbekchani 
bilmasa ham, gap ohangidan savol mazmunini uqdi. 
— Agar nemislar bostirib kelishayotgan bo‘lsa, sharqqa qarab boraverish kerak, u 
yoqda o‘zimiznikilar, — dedi u. 
— O‘zimiznikilar? — dedi Tolibjon o‘ylanib. — O‘zimiznikilar yana qamoqqa 
tiqishmaydimi? 
— Harholda shu yoqqa qarab boraverish kerak, — dedi Jahongir. — Balki uyimizga 
yetib olarmiz? 
Qo‘lbola yasalgan zambilga professorni yotqizib, yo‘lni tusmollab yuraverishdi. 
Ertasiga kunbotarda bir qishloqdan chiqishdi. Jahongir Tolibjon bilan professorni 
butazorda qoldirib, o‘zi qishloq tomon yurdi. Ko‘p o‘tmay qo‘lida yarimta non, uchta 
tuxum ko‘tarib qaytdi. 
— Urush boshlanganiga yarim oy bo‘libdi, — dedi u, — nemislar yaqinmish. Kecha bu 
yerdan chekinayotgan qizil askarlar o‘tishibdi. Professorni olib qolishga ko‘nishmadi. 
Qamoqdan chiqqanimizga qo‘rqishyapti. Lekin, bu yerdan yigirma chaqirim yursak, bir 
qishloq bor. Qamalgunimga qadar men o‘sha yerda yashaganman. 
«Qaerda, nima uchun yashagansan», deb surishtirib o‘tirishmadi. Non bilan tuxumni 
bo‘lishib yeb, qorong‘i tushguncha yo‘l bosishdi. Jahongir yashagan qishloqqa ertasi kuni 
peshinga yaqin yetib borishdi. 
Ostonada o‘tirgan Grigorich bilan kampirni Jahongir uzoqdan ko‘rib «xayriyat», deb 
quvondi. Grigorich ularni avvaliga chekinayotgan askarlardir, deb o‘yladi. Keyin 
Jahongirni tanib, hayratdan yoqasini ushladi. 
— Seni uzoq kutdik, xavotir oldik, — dedi chol professorni uyga yotqizib chiqqach, — 
uch kun oldin kizimkani katta yo‘lga kuzatib qo‘ydim. Chekinayotgan askarlar, 
odamlarga qo‘shilib ketdi. Shu bahonada uyiga yetib oladi. Kelishingni yuragi sezgan 
ekan, senga bir gap aytib ketuvdi. Opangning omonatini olibdi, rozi bo‘larmishsan. Xudo 
xohlasa omonatingga xiyonat qilmas emish. 
Jahongir Oynisaning maqsadini tushundi. Boshini changallab, indamay o‘tirdi. 
— Grigorich, professorni siznikiga tashlab ketamiz. Yaxshi odam u. Tuhmatga uchrab 
qamalgan, — dedi u uzoq davom etgan sukutdan so‘ng. 
— Yaxshimi-yomonmi, u ham bir odam, — dedi chol. — Qaraymiz, umri uzoq bo‘lsa, 
tuzalib ketadi. Nasibasi qirqilgan bo‘lsa, chorasizmiz. Sen o‘zing nima qilmoqchisan? 
Jahongir javob o‘rniga bosh qimirlatdi. 
— Ketolmaysan. Katta yo‘llarga nemislar yetib kelgandir. Shu yerda kut. Nemislar 
kelsa ham senga tegishmas. Bolshevik emassan. Quvg‘in qilingan odamsan. Sheriging 
ham qolaversin. 
Cholning maslahati Tolibjonga ma’qul kelmadi. 
— Bu yerda qolsak, sotqin degan tamg‘adan umrbod qutulamaymiz, ketamiz, — dedi. 
Qorinni to‘qlab, kiyimlarni almashtirib, yo‘lga tushishdi. O‘rmonni panalab yurib, 
nemislarga duch kelishdi. Ulardan berkinamiz deb, o‘rmonga ichkarilab, yo‘ldan adashib, 
ochlikdan o‘lar holga tushganlarida qurshovdan chiqishga urinayotgan askarlarga duch 
kelishdi. O‘zlarini O‘zbekistondan Belorussiyaga tajriba o‘rganish uchun kelgan 
chorvadorlar deb tanishtirishdi. Komandir peshonasida yozuvi bor Jahongirga 
ishonqiramay qarab qo‘ydi, ammo indamadi. Ular qurshovdan chiqolmay, o‘rmon 
ichkarisiga qarorgoh qurishdi. Shu zaylda partizanlik hayoti boshlandi. Jahongirning 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin