Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
— Ishimiz shunaqa — haqiqatga shubhalar orqali boramiz. Rahmatullaev onangizga 
igna sanchadimi? 
— Yo‘q, ayollarga yangam qo‘yadilar. 
— Harholda... ish bir yoqlik bo‘lmaguncha qo‘ydirmay turinglar. Siz vahimaga 
tushmang. Lekin e’tiborsiz ham bo‘lmang. Endi men onangiz bilan ham gaplashib olishim 
kerak. 
Yo‘lchivoy «Yo‘q, deb chiqarib yuboraymi», degan xayolda turganida Solihov uning 
yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. 
— Gaplashib olishim muhim. Endi maqsad faqat qotilni topish emas. Endi otangiz 
bilan onangizning hayotlari ham qil ustida bo‘ladi. Boshqa qurbonga yo‘l bermaslik 
uchun aniq va tez harakat qilishimiz shart... 
— Yuring, — Yo‘lchivoy shunday deb uni mehmonxonaga boshladi. Chiroqni yoqib 
Solihovni ichkari taklif etdi-da, o‘zi onasi yotgan xonaga kirdi. 
Mehmonxona orasta: o‘rtada xontaxta, atrofga gulli ko‘rpachalar to‘shalgan. Xontaxta 
ustidagi ne’matlar ustiga dasturxon yopib qo‘yilgan. Solihov ko‘rpachaning bir chetiga 
o‘tirdi. Boshiga uzun ro‘mol tashlab, yuzini to‘sgan Xadicha ichkari kirib salomlashdi. 
— Yanga, gaplarimdan cho‘chimay, faqat to‘g‘ri javob bering. O‘tmish ayblaridan 
qo‘rqmang. Endi Jahongir Muhammadrizaevning taqdirini o‘ylashimiz kerak. Uni biz 
qo‘yib yuborganimiz bilan qotil tinch qo‘ymas. Muhammadrizaev qotil emas, u asosiy 
guvoh, jinoyatchilar guvohlardan qutulishga harakat qilishadi. 
— Voy sho‘rim, — dedi Xadicha. Solihovning bu gapidan so‘ng, uning nazarida, 
badbashara bir maxluq Jahongirning jonini sug‘urishga shaylangan edi. 
— Murodilla Rahmatullaev yigirma ikkinchi yilda sizlar bilan birga ketgan, asli 
Tepabeldan bo‘lgan, to‘g‘rimi? 
Xadicha darrov javob bermadi. O‘g‘liga qarab oldi. Keyin past ovozda «to‘g‘ri», deb 
qo‘ydi. 
— Ketish manzarasini eslang. Siz kim bilan yo‘lga chiqdingiz? 
— Dadasi bilan. 
— Qaysi dadasi? 
Xadicha nima deb javob berishni bilmay taraddudlandi. 
— Olamgir Muhammadrizaev bilanmi? 
— Ha... Aka-uka masjidga chiqib ketishgan edi. Opam... ovsinim kirdilar. Tez 
tayyorlaning, ketmasak mol-mulkimiz ham, o‘zimiz ham o‘rtada bo‘lar ekanmiz, dedilar. 
Bir sidra kiyim oldik. Keyin dadasi keldilar... Dadasi bir yumush bilan boshqa yoqqa 
ketgan ekanlar. 
— Jahongir Muhammadrizaevmi? 
— Ha, shu kishi... Izimizdan yetib boradilar, deyishdi. Yetib kelmadilar. Shumxabar 
yetkazdilar. 
— Kim yetkazdi? 
— Shu... Murodilla aka. 
— Rahmatullaev sizlarga keyin yetib keldimi? 
— Ha, uch kishi edi ular. Yo‘lda aza ochdik... Tirik ekanlarini ko‘nglim sezardi. Ammo 
choram yo‘q edi-da... 
— Olamgir Muhammadrizaev bilan bu haqda keyin hech gaplashmaganmisiz? 
— Yo‘q. 
— Rahmatullaev uchinchi yo to‘rtinchi oktyabrda bu yerga kelmaganmi? 
— Kelganlar. 
— Nimalarni gaplashishgan? 
— Bilmasam... gap poylash odatim yo‘q. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin