Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Sizlar enkevede
3
danmi? — deb so‘radi. 
— Men oblast jinoyat qidiruv bo‘limidanman. Bu kishi — kapitan Jabborov, rayondan. 
Qiziq... bizni qaerdan bildingiz? 
— Ko‘zlaringiz aytib turibdi. Ayniqsa, bu kishiniki. Tabib tabibmas, boshidan o‘tgan 
tabib deyishadi-ku? Sizlarga o‘xshaganlarni xo‘b ko‘rdim. Olam tinchidi, deb shukr qilib 
o‘tirsam, hali meni unutmabsizlar-da, a? Bu deyman, qolgan-qutgan gunohlarimni titkilib 
topganga o‘xshaysizlar. 
Damin aka, sizning gunohingizni izlab kelmadik. Bir yumush yuzasidan bezovta 
qilib o‘tiribmiz. Daydidaradagi qotillikni eshitgandirsiz? 
— Ha... — Damin shunday deb uf tortdi. — Jahongirni qamabsizlar, eshitdim. Jahongir 
menikiga kelib turardi. Buni ayg‘oqchilaringiz yetkazishgan, albatta. Hammayoqda 
ayg‘oqchilaringiz urchib yotibdi. Lekin aytib qo‘yay, Daydidaradagi ishdan bexabarman. 
— Biz sizdan gumonsirayyotganimiz yo‘q. Ayrim narsalarni aniqlashda yordamingiz 
kerak, — dedi Solihov. 
— Yordam bermasam-chi? — dedi Damin unga tik qarab. 
— Bu endi vijdoningizga havola. 
— Shunaqami? — Damin tiz cho‘kib, qo‘llarini patnisga tirab, Solihov tomon sal 
engashdi. Bo‘yin tomirlari o‘ynab ketdi. Shu turishida o‘ljasiga tashlanishga shay turgan 
qoplon vajohatiga kirdi. — Vijdonimg havolami? — uning ovozi titrab chiqdi. — Meni 
oborib tiqib qo‘yganlaringda vijdondan gapirmagan edilaring. Men nima uchun sakkiz yil 
o‘tirdim? Julqunboyni odamlarga o‘qib berganim uchunmi? Xo‘sh, Qodiriy dushman emas 
ekan-ku? Oqlandi-ku? Yoqib yuborgan kitoblaring zararli emas ekan-ku? Bular kimning 
vijdoniga havola? Daydidarada bir cholni otishibdi. Qotilni izlab yuribsanlar. Qodiriylarni 
otganlarni kim qidiradi, kim jazolaydi? Mening ko‘z oldimda jarga olib chiqib otishardi 
odamlarni. Gunohlarini bilmay ketishdi u bechoralar. Bu qabohat kimning vijdoniga 
havola?! Suvdan quruq chiqasanlar hammalaring. Bor gunohni mo‘ylovga to‘nkab 
o‘zlaring farishtaday yuribsanlar. 
Ovozda paydo bo‘lgan titroq butun badanga ko‘chdi. Solihov «Mayli, dardini to‘kib 
olsin, keyin gaplashish oson bo‘ladi», deb indamay o‘tirdi. Jabborovning ko‘ngliga esa 
g‘ulg‘ula tushdi. Nazarida Damin aynan uni ayblayotganday, hozir uning yoqasidan olib 
«Barcha begunohlarning qotili shu», deya ayyuhannos soladiganday edi. Jabborov 
Daminga ham biroz hadik, ham biroz nafrat bilan qarab qo‘yar edi. «Mening qo‘limga 
tushganingda omon chiqmasding, g‘alamis, — deb o‘ylardi u. — Gapirib ol, kuning 
tug‘di. Hali biz gapiradigan zamonlar ham yana kelib qolar. Sendaqalarning tuxumini 
quritib yuborish kerak edi. Hechqisi yo‘q, shunday kun ham keladi...» 
Damin hayajonga berilib so‘zini yo‘qotdi. Solihovning xotirjam o‘tirishi ta’sir etib, 
joyiga cho‘kdi. Chuqur xo‘rsindi. 
— Damin aka, ho‘lu quruq baravar yondi, bilaman. Sizga tasalli bermoqchimasman. U 
kunlarni unuting, deyolmayman. Vaqti kelib aybdorlar yuzaga chiqishadi. Lekin biz hozir 
Daydidaradagi qotilni topishimiz kerak. Vazifamiz shu. 
Bu gapdan keyin oraga sukut cho‘kdi. Damin ko‘rpaning bir chetini ko‘tarib 
otashxonadan choynakni oldi-da, chegalangan piyolaga choy quyib Solihovga uzatdi. 
— Aybga buyurmang, inim, jahl kelsa, aql ketadi. Shunaqada odamgarchilikni unutib 
qo‘yarkansan. Bir tomoni qarichilik, bir tomoni o‘tmish... Shu uyda qishloqning kattayu 
kichiga to‘planardi. Men ularga Otabek bilan Kumushning qismatini o‘qib berardim. 
Qayta-qayta o‘qirdim, biroq baribir kelaverishardi. Bir kuni oqshomda ikki kishi bostirib 
kirdi. Qo‘limdagi kitobni tortib olishdi. Tokchadan ham bir-ikki kitobni saralab olib 
3
NKVD — demoqchi (Ichki ishlar xalq nozirligi). 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin