Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
— Gapingizni-ku, angladim. Biroq olam ishlarini — anglamay garangman. O‘ris o‘risni 
qamasa, o‘zbek o‘zbekni qamasa. Bu ne hol bo‘ldi? Musulmon bilan nasroniy bir sassiq 
vagonda yotsa? 
— Musulmon-xristianin — bitta odam, — dedi Sergey unga e’tiroz bildirib. — Xudo 
bitta. Musa paygambar, Isa paygambar, Muxammad paygambar — Xudo elchilari. Xudo 
bitta. Faqat siginamiz har xil. Ibodatxona-da har xil. No, xudo bitta. Muhimi shu. Barcha 
odam teppa-teng. Ajratish gunax. Tugrimi, mulla Zakirxodja oka? 
— Olloh barchani baravar yaratgan, — dedi jimgina o‘tirgan Zokirxo‘ja ularning 
suhbatiga qo‘shilib. — Muso alayhissalom bilana Iso alayhissalomga aziyat yetkurgan 
odamlardan Tangri-taolo g‘azabda bo‘lgan. Bu yorug‘ dunyoda odamlar bir-birlariga 
mehr-muhabbatda bo‘lib, yovuzlik urug‘ini yanchishlari lozim. Bu — Ollohning irodasi. 
— Sizga barakalla, Zakirxodja oka. Ular bizni notugri kamadilar. Men Rossiyani 
sevgan. Siz-da, Turkestanni. Bu gunax emas, buyuk ish! Ular ham sevgan. Bu ham 
buyuk ish! Ular boshkacha sevgan, biz boshkacha. Bir-birimizni otgan, kamagan — 
buyuk ish emas. Odam bir-biriga tushungan zarur. Shunda Rossiya ham, Turkestan ham 
gullagan. Tugrimi, mulla Zakirxodja oka? 
Zokirxo‘janing xayoli boshqa yerdamidi yo suhbatga aralashgisi yo‘qmidi, harholda 
noxushgina bosh silkib qo‘yaqoldi. 
Manzilga yetib kelib, muz o‘yib, ma’dan qazisha boshlaganda ham ular yonma-yon 
edilar. Mehnat azobini birga baham ko‘rdilar. Lozim bo‘lganda Sergey tilmochlik qildi. 
Zokirxo‘ja og‘rib qolganida Jahongir bilan navbatma-navbat xabar oldi. Zokirxo‘ja 
omonatini topshirganda «Ma’murlardan tobut undiraman», deb harakat qildi. Jahongir 
«Odam tuproqdan yaralgan, tuproqqa qo‘shilib ketishi kerak», deb to‘sqinlik qilmaganida 
balki undirardi ham. Jahongir: «Odam bolasi tug‘ilishi bilan yuvintirilib, oqqa o‘raladi, u 
dunyoga ketishida ham shunday bo‘lishi kerak. Xo‘jayinlarga ayt, oq surp topib 
berishsin», dedi. Odamgarchilik nimaligini bilmaydigan odamlar bir mahbusining o‘ligiga 
surp topib berar ekanmi? Jahongir shuning fahmiga yetmay, bir musofirni odam qatorida 
yerga qo‘ymoqchi edi, umidi ushalmadi. Musofirlikda, yana erksizlikda o‘lish hech bir 
kimsaning boshiga tushmasin ekan. Jahongir Zokirxo‘jadan ajrab qolganiga emas, uning 
xor bo‘lganiga yig‘ladi. Otasini yerga qo‘yganda ham bunchalik ezilmagan edi. Xorlik 
yomon ekan, erksizlik yomon ekan. Buni Jahongir o‘shanda aniq his etdi. 
Muz o‘yib, ma’dan qazib qabargan qo‘llar g‘aribona qabr qazdilar. Sovuqda muzlab 
saksovuldek bo‘lib qolgan tanani yerga ohista qo‘ydilar. Jahongir muz qabr oldida ancha 
turdi. O‘shanda uning yonida Sergey bor edi. Murdani ko‘mish uchun faqat ikki kishiga 
ruxsat berilgan edi. Jahongir na shirin noni, na shirin so‘zi bo‘lgan soqchilaru 
xo‘jayinlarning fe’lini keyinroq tushundi. Ilgari bu yerlarga ozodlik, yangi turmush 
istaganlar haydab kelingan. Endi esa o‘sha ozodlikni, yangi turmushni berishni 
istamaganlar mahbuslar kiyimida. Avvalgi mahbuslar esa ular ustidan hukmron. 
Shunday ekan, rahm-shafqat, odamgarchilik haqida so‘z bo‘lishi mumkinmi? 
Qor uchqunlarini chirpirak qilib o‘ynab yuzlariga urilayotgan shamol ham, badan-
badanlaridan o‘tib ketgan sovuq ham ularni qabr yonidan tezgina quvishga ojiz edi. Ular 
bu damda faqat Zokirxo‘jani o‘ylamasdilar. Har biri o‘z taqdirini ham o‘ylar edi. 
Cho‘kichlarni sudrab izlariga qaytar mahallarida bu o‘ylarning bir chimdimi tilga ko‘chdi: 
— Mulla Zakirxodja azoblardan kutulgan, — dedi Sergey, — indi kiynalmagan. Xudo 
bilan gaplashgan. Xudo uni jannatga yuborgan. Mulla Zakirxodja e’tikodiga sotkinlik 
kilmagan. Bu yakshi! Juda yakshi! No, juda ogir. Mulla Zakirxudja chidagan. Fakat 
Vatandan uzokda uldi. Bu chatok. Biz ulmasligimiz kirak. Bizga yashash kirak. 
— Mening o‘lishim mumkin emas, — dedi Jahongir, — Xudo menga o‘lim bermaydi
yelkamda yumush bor. Olloh ko‘nglimga solgan. Xudo xohlasa bu yumushni ado 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin