Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Sergeyning aybi kamroq ekan, Jahongirdan bir yil oldin qutulib ketdi. Samarqandda 
kutajagini qayta-qayta tayinladi. Jahongirning alamlaridan, dardlaridan bexabar bu 
odam uni ilmga tortishga ishonar edi. 
Mana, yillarning allaqancha suronli, to‘zonli yo‘llarini bosib o‘tib shu manzilga yetgach, 
shu tosh-devorlar orasida uni yana esladi. O‘ldirilgan ikki farzandi firoqida kuyib-yongan 
bu bebaxt ota bo‘lmaganda balki Sergeyni eslamas edi. O‘sha bekatdagi juldur kiyimli 
bolalar, Turkistonga non ilinjida otlangan bechoralar Sergeyning ko‘z oldidan ketmas 
edi. Tushlarida bolalarini juldur kiyimda ko‘rib cho‘chib uyg‘onardi. Ba’zan tongga qadar 
miq etmay o‘tirardi. Ba’zan Jahongirni turtib uyg‘otib tushining ta’birini so‘rardi. U 
bolalari hajrida yongani sayin, Jahongir dardini ichiga yutib ezilardi. Homilador xotini 
ko‘z oldiga kelganda yuragini nimadir kemira boshlardi. O‘shanda «go‘daklarning rahmini 
o‘zing ye», deb Xudoga nolalar qilar, jumla go‘daklar qatorida o‘z farzandiga ham 
Ollohdan rahm tilardi. Taxmini bo‘yicha musofirlikda tug‘ilgan bolasi dam do‘mboq o‘g‘il 
bo‘lib, dam shirin qizaloq bo‘lib tushlariga kirar, «dadajon!» deb bo‘ynidan mahkam 
quchoqlaganda nafasi qaytib, uyg‘onib ketardi. Hatto tushlarida ham o‘zi ko‘rmagan 
bolasini diydoriga to‘ya olmas edi. 
Akasi bilan uchrashganda ham birinchi so‘ragan savoli shu bo‘ldi: 
— Xadicha qani, bolam qani? 
Akasi bir cho‘chib tushdi. Ha, Jahongir sezdi, cho‘chib tushdi, hatto yuzi uchdi. Lekin 
sir boy bermaslikka harakat qildi. 
— Qanaqa bolang? Bolang yo‘q edi-ku? 
— Xadichaning ko‘zi yorishi kerak edi, esingizdan chiqdimi? 
— Olloh ko‘p ko‘rdi uni senga... 
Bu gapdan keyin nima uchun yer yorilmadi — Jahongirni yutmadi. Nima uchun osmon 
uzilib tushmadi - uni yelparchin qilmadi. Nima uchun yuragi yorilib keta qolmadi. Nima 
uchun sovuq yurtlarda quloqlarini sovuq oldirganda birato‘la kar bo‘la qolmagan ekan. 
Xorijda nima uchun akasining bu tillarini biron-bir insof egasi kesib tashlamagan ekan! 
Jahongir o‘ttiz yildan ortiq qalbida avaylab yo‘rgaklagani farzandini endi dafn etishi 
kerak edi. Yerga emas, yana yuragiga dafn etishi kerak edi. O‘sha do‘mboq o‘g‘ilchani, 
o‘sha shirin qizaloqning kulgichlari o‘rnini yumuq ko‘zlar egallashi kerak edi. Ne ajabki, 
akasining o‘sha sovuq gapidan keyin ham bu do‘mboq o‘g‘ilcha, bu shirin qizaloq yana 
tushlariga kirdi. Yana bo‘ynidan quchoqlashdi. Bunday tush avvallari unga bir umid 
berardi, endi esa u dunyoga chorlash bo‘lib tuyuldi va bu kun yaqin kelganidan suyundi. 
Bebaxt ota so‘roqdan qaytib joyiga o‘tirdi. Boshini egib olib birovga qaramadi ham. 
Tergovchi xuddi uni tilsimlab yuborganday edi. Shu o‘tirishda u ikki soat avvalgi alamli 
odamga o‘xshamas edi. Uning bu o‘tirishi taqdirga tan bergan mo‘’minni eslatardi. 
«Bechoraning umri azobga qoldi. Uni otmaydilar. Otishga hukm qilishsa durust edi, — 
deb o‘yladi Jahongir unga achinib qarab. — Bir necha yil o‘tirib chiqadi. Bolalarining ruhi 
endi uni izma-iz ta’qib qilib yuradi. Qochgani joy topolmaydi. Ruhlari parcha-parcha 
bo‘lib ketadi. Agar otilmasa jinni bo‘lib o‘lishi tayin. Olloh yomon qahr qilgan ekan 
unga...» 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin