Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
«Umrim bargga o‘xshab ilinib qoldimi? — deb o‘ziga-o‘zi savol berdi. — Akam bilan 
otishishga chiqqanimda bargning uzilishi qiyin bo‘lgan edi. Jonning uzilishi qiyinmi? Ha... 
Zokirxo‘ja azoblanib jon bergandi. Zokirxo‘janing qismati mening peshonamda ham bor 
ekan-da. Yo‘lda xor bo‘lib o‘lish uchun muzliklar ichida tirik qolgan ekanman-da. Qasos 
haqdandir... demak, qasos mening qo‘lim bilan bo‘lmaydimi? Armon bilan ketamanmi? 
Bir o‘g‘rining qo‘lida jon berib, go‘rga janozasiz, kafansiz kiramanmi?.. 
Jahongirning ko‘zidan yosh dumaladi. U o‘layotgani uchun g‘amda emasdi, armon 
bilan o‘layotganidan afsusda edi. 
Jahongir ko‘zini yumib-ochdi. Voajab, hozirgina daraxt barglari yam-yashil edi. Endi 
sap-sariq tusga kiribdi. Ana, birin-sirin uzilmoqqa boshladi barglar. Yomg‘irday 
yog‘ilyapti barglar. Birpasda shoxlar yalang‘och bo‘lib qoldi. Daraxtlar daraxt emas
osmonga sanchib qo‘yilgan nayzalarga o‘xshaydi. Bag‘riga sonsiz-sanoqsiz nayza 
sanchilgan osmon azobga qanday chidaydi? «Daraxt nimaga quridi? Qiyomat yaqinmi? 
Machitlarda mol boqilayotgan bo‘lsa, qiyomat boshlangandir. Odamlar dupurlab 
chopishyaptimi? Mahsharga shoshilishyaptimi? Men nima qilib yotibman? Qiyomat 
boshlanibdi, yer silkinyapti. Ha, qiyomat bu. Hammayoq qon... qon...» 
Isitma otashidagi Jahongirning ko‘zlari ochiq, lekin hech nimani ko‘rmas edi. U 
aravaga olib yotqizishganini sezmadi. Aravaning silkinishini zilzila deb, qo‘sh ot dupurini 
odam dupuri, deb xayol qilib fikran mahshar sari shoshilardi. 
Musofir shahardagi shifoxonaga olib kelinganini, sakkiz kun deganda hushiga 
kelganini, keyinroq hamxonalaridan bildi. 
Akangiz mehribon ekanlar, sakkiz kun parvona bo‘ldilar, — dedi hamxonasi, u 
o‘ziga kelgach. 
Jahongir «akam kim ekan?» deb ajablandi. Bozorga ketgan Burgut qaytgach, «akasi» 
kim ekanini bildi. 
«Men Tangrim o‘g‘rining qo‘li bilan yerga qo‘yadi, deb o‘ylasam, o‘g‘rining qo‘li bilan 
jonimni qaytarib beribdi-ku? Uning qo‘lidan non olmagan edim, jon oldim... Olloh 
jonimni beribdimi, demak, qasos ham mening qo‘lim bilan bo‘ladi...» 
Jahongir «Meni deb shuncha yurdingizmi», demadi. Burgut esa «Seni tashlab ketishga 
ko‘zim qiymadi», demadi. Burgut to yurtga yetib borguncha ham Jahongirning kasalidan 
gap ochmadi. 
So‘nggi bekatga yetib kelishgach, Burgut qo‘l uzatdi: 
— O‘sha gap-gap: ora ochiq, omon bo‘l, hamshahar, — dedi kulimsirab. 
— Sizni qaerlardan yo‘qlasam bo‘ladi? 
— Qarzingni bermoqchimisan? Qo‘yatur, ko‘milgan tillalaring joyida tura tursin. 
Muhtoj bo‘lsam seni o‘zim topaman. Sen meni butunlay unut, ora ochiqmi? 
Shunday dediyu bekatda to‘zib yurgan odamlar orasida bir onda g‘oyib bo‘ldi. 
Jahongir shundan so‘ng uni ko‘rmadi. Burgut «Muhtoj bo‘lsam seni o‘zim topaman», 
degan edi, topmadi. Jahongir buning shunchaki ko‘ngil uchun aytilgan gap ekanini 
bilardi. Burgut muhtojlikka uchraganda ham kelmas edi. Chunki u g‘irrom bilan bir 
qatorda minnatga ham toqat qilolmas edi. Jahongir keyinchalik o‘g‘rilarni ko‘p ko‘rdi, 
ammo Burgutga o‘xshaganini uchratmadi. 
Burgut unut, degani bilan Jahongir uni unuta olmadi. Uni ko‘p esladi. Bugun 
shifoxonada ko‘z ochgani sabab bo‘ldimi yo Shoqolning gaplarimi, harholda Burgutni 
yana yodladi. 
Jahongir o‘shanda Burgut bilan xayrlashgach, shaharning qaerida tunashini bilmay 
garangsidi. Bu shaharda quchoq ochib kutib oladigan yaqini yo‘q. Mehmonxonalarning 
unga joy bermasligi tayin. O‘ylab-o‘ylab bir paytlar tahsil olgan madrasasiga borishni 
xayol qildi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin