Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
— Kim deysanmi? Sho‘ro hukumati! Endi bu yer kolxoz idorasi. Sen kolxoz uchun yot 
— begonasan, bu yerga qadam bosa ko‘rma. 
— O‘z uyimga... o‘zim begonamanmi? 
— «O‘z uyim» degan gap yo‘q. Hamma narsa umumniki. 
— Hamma narsa?.. — Jahongir qamoqda eshitgan gapni eslab, beixtiyor aytib 
yubordi, — xotiningiz hammi? 
Pakana yigit yana Jahongirning qarshisida paydo bo‘lib, dag‘dag‘a qildi: 
— Tiling qirqilsin, ahmoq! Rais akam sho‘roning odamlari! 
— Mahkam, qoch, u bilan o‘zim gaplashaman. Sen, boyning bolasi, jo‘na bu yerdan, 
qorangni ko‘rmay. 
Jahongir uning po‘pisasini eshitmaganday olma daraxtiga qadalib turgan supaga 
o‘tirdi. Shopmo‘ylov uni yeb qo‘yguday bo‘lib o‘qraydi-da, ichkari kirib ketdi. Pakana 
yigit haydasa baloga qolishi mumkinligini anglab, yaqinlashishga jur’ati yetmay, ayvon 
ustuniga suyanib turib oldi. Xorlik azobi tan azobidan kuchliroq. «Bu uyga begonasan!» 
deb haydash o‘rniga yuz darra, ming darra urganida ham bunchalik alam qilmas edi. 
Muzliklarda yurganida Jahongir uyini sog‘inib ezilardi. Qizigan ko‘kragini muz parchasi 
ham sovuta olmasdi. O‘sha kulfatli kunlarda yig‘lamagan, o‘zini bosishga qurbi yetgan 
Jahongir birdan bo‘shashdi, ko‘ziga yosh keldi. Bu yosh ojizlik yoki nochorlik emas, 
g‘azab qo‘lidan toshib chiqqan edi. U o‘rnidan turib avval pakanani, so‘ng shopmo‘ylovni 
yanchib tashlagisi keldi. O‘rnidan turishga shaylandi ham, ammo o‘zi bilmagan bir kuch 
to‘xtatdi. Bu kuch — farosat edi, «bularni majaqlaganing bilan foydasi bormi, bular bir 
qarol, hojalari boshqa bo‘lsa, tegma ularga. Ularning qasosi Haqdandir. Hozir ular 
sening baxtsizligingdan kulyaptilar. Bilmaydilarki, ularning baxti omonat, ertaga baxt 
senga berilib, sening baxtsizliging ularga nasib etadi. Tur, shu kunga omon yetay 
desang, indamay chiq bu yerdan». 
Ongida uyg‘ongan buyruqqa itoat etdi: bir-bir bosib chiqdi. Qadrdon yer, qadrdon 
tuproq uni qo‘yib yuborgisi kelmayotganday oyoqlari zil og‘ir, yerdan uzilishi qiyin edi. 
Jahongirni oyoqlari qabristonga yetaklab bordi. Ajdarqoya poyida do‘mpaygan 
qabrlarni tizza bo‘yi o‘t qoplagan. Jahongir qabriston etagida to‘xtab, ko‘zlarini javdiratib 
ota-onasining qabrini izladi. O‘t bosgan qabrlarni bir-biridan ajratish qiyin edi. U go‘rlarni 
bosib o‘tmay, kelgan yerida cho‘kkalab uzoq tilovat qildi. So‘ng uzlatguzinlikni ixtiyor 
qildi. U rixlatga chekinganlar dunyosining bu yorug‘ dunyodagi posboniday qimir 
etmasdan o‘tirardi. 
« — Onajon, men sizning yolg‘izingizman, meni juda barvaqt tashlab ketdingiz? 
— Boshingga tushadigan kulfatlarni ko‘rmasin, deb momong chaqirib oldi. 
Meni kim chaqiradi, ota, sizmi? 
— Seni chaqirmayman, zimmangda yumushing bor. 
— Yo‘l uzoqqa o‘xshaydi, yukim og‘ir, bardosh berolmayman. 
— Bardoshli bo‘l, arvohimni chirqiratma, Jahonim...» 
— Jahon! 
Jahongir seskandi: ovoz qaerdan keldi, qabr ichidanmi? 
— Jahongir! 
U boshini ko‘tarib orqasiga qaradi — Daminni tanidi. Savod chiqarishga ko‘ngil qo‘yib 
undan yozuvchizuvni o‘rgangan qarol yigitcha edi, yillar o‘tib qoruvli yigitga aylanibdi. 
Shu yerdadirsan, deb o‘ylovdim. 
Ular quchoqlashib ko‘rishdilar. 
— Yur, uyga boraylik, — dedi Damin. 
— Oshiqmay tur, bir oz shu yerda o‘tiraylik. 
— Uyingga kiribsan, bildim. Sotti bilan pachakilashmaganing durust edi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin