Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Shu yerdalar, odamingiz qo‘ymayapti, paranjini olasan deydi, — Yo‘lchivoyning gap 
ohangidan uning qattiq achchiqlangani sezildi.
Solihov navbatchiga qo‘ng‘iroq qilib, paranjili ayolni o‘tkazib yuborishni buyurdi. 
Shundan so‘ng Yo‘lchivoy chiqib, onasini boshlab kirdi.
— Xafa bo‘lmang, opa, ishimiz shunaqa, — dedi Solihov uzr ohangida, — o‘g‘lingiz 
ko‘p narsani bilmas ekan. Qaytganlaringizdan so‘ng Yusufxonaga bordinglarmi? 
— Dadasi boruvdilar. 
— Siz asli Yusufxonadanmisiz? 
— Ha. 
— Qarindoshlaringiz yo‘qmi u yerda? 
— Yo‘q. 
— Qirqbelda-chi? 
— Yo‘q. 
— Qiziq... Hech kimingiz bo‘lmasa ham, yaqinlaringizning qabri bordir. Shuncha yildan 
keyin ham ziyoratga o‘tmabsiz-da? 
— Dadalari borganlar.
— Qaynotangizning kasb-korlari nima edi? 
— Dehqon edilar. 
— Boymi, o‘rtaholmi, kambag‘almi? 
— Kambag‘al edilar. 
«Bu yigit o‘ziga pishiqqina ekan, — deb o‘yladi Solihov, — kela-kelguncha onasini 
savol-javobga tayyorlabdi. Bu ayolning ko‘zlarini ko‘rsam edim. Agar yolg‘on 
gapirayotgan bo‘lsa, ko‘zlari fosh qilib turardi. Bu yigit shuni bilganmi, shuning uchun 
paranjisini oldirmayaptimi? Men ularni cho‘chitib qo‘ydim shekilli? O‘tmishlaridan 
cho‘chishmayaptimi? Bu paranji ayol yuzini emas, sir-asror yuzini to‘sib turibdi». 
— Opa, o‘tmishni so‘rayotganimdan cho‘chimang. Qaynotangiz boy bo‘lganida ham, 
boringki, bosmachi bo‘lganida ham sizlarga zarracha ziyon-zahmat yetmaydi. Men bu 
gaplarni sizlarni ayblash uchun surishtirayotganim yo‘q. Mening vazifam sizning 
kechmishlaringizni o‘rganish emas, qotilni topish. Qotillikning bir ildizi o‘sha yillarga 
borib taqalar balki, deb gumon qilyapmiz. Eringiz bezoriga tasodifan duch kelmagan. U 
Daydidaraga aldab yoki majburlab olib borilgan. 
Ayol xo‘rsindi. Bu xo‘rsinishda paranji ichidagi vujudning qayg‘u-hasratlari zohir bo‘ldi. 
Bu qayg‘u-hasrat tilga ko‘chadimi, aytiladimi noma’lum. Odamni vujudga yashiringan 
qayg‘u-hasrat yeydi. Paranji ichidagi ayol bunga yana qancha chidaydi? Ko‘rgan-
kechirganlarini balki o‘zi bilan olib ketar? 
— Opa, ism-nasabingizni ayting. 
— Xadicha... Sharipova. 
— Sharipov — eringizning familiyasi, otangizning ismi nima? 
— Rahmonqul... 
— Eringizning aka-ukalari bormidi? 
— Yo‘q... — ayolning ovozi titradi. 
— Eringiz nimaga oqsardi? 
— Tug‘ma edi. 
Solihov Jahongirning suratini olib Xadichaga uzatdi: 
— Bu kishini taniysizmi? 
Xadicha jim qoldi. Xo‘rsindi. So‘ng yig‘lamsiragan ovoz bilan: 
— Yo‘lchivoy, o‘g‘lim, meni olib ketgin, mazam qochayapti, — dedi.
Solihov savol-javob yozilgan qog‘ozga imzo chekdirib oldi-da, ularga ruxsat berdi. 
«Baribir cho‘chishyapti, nimadandir qattiq qo‘rqishyapti. Balki... Uchinchi odamni ular 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin