Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
bilishar? Agar Sharipov bilan Muhammadrizaev aka-uka bo‘lsa bu ayol bilishi kerak edi. 
Nima uchun suratdagi qaynisini tanimadi? Yo Muhammadrizaev tanimas darajada 
o‘zgarib ketganmi?» 
Oqshomda xonaga Ramziddin Ramazonov kirib keldi. Qo‘lidagi charm jild orasidan bir 
varaq qog‘oz olib mayorga uzatdi. 
— Sharipov familiyasida to‘rtta oila o‘tgan. Bittasi Siddiq Sharipov. Tug‘ilgan yeri 
Yusufxona qishlog‘i. Ikkinchisi Safarqul Sharipov ham o‘sha yerdan. Hozir shu qishloqda 
yashaydi. Uchinchi Sharipov Paxtaoboddan, to‘rtinchi Marg‘ilondan. Siddiq Sharipovni 
Safarqul bilsa kerak. Ertaga otlanyapsizmi? 
— Ha. Sharipovning o‘ldirilishi tasodifiy emasligi aniq. Oilasi ham nimanidir 
yashiryapti. 
— Agar zarur ishingiz bo‘lmasa, menga ruxsat bering. Komlev bilan uchrashish uchun 
Samarqandga jo‘nashim kerak. 
— Komlev? Tirik ekanmi? 
— Tirik ekan. O‘n yetti yil o‘tiribdi. 
— O‘n yetti yil?.. — Solihov o‘rnidan turib, xona bo‘ylab yurdi. — O‘g‘ri bo‘lsa o‘tgan 
umriga achinmas edim. Lekin olim odam... O‘n yetti yil ichida qancha ish qilardi, a? 
Ramazonov «iloj qancha?» deganday yelka qisib qo‘ydi-da, mayordan ijozat olib 
chiqdi. 
Mayor Sanjar Solihov Yusufxona qishlog‘iga peshinga yaqin yetib keldi. Qishloq 
tog‘ning kungay tomoniga, shunday beliga joylashgan, pastlikda daryo suvi ayqirib 
oqadi. Bahaybat chinor poyida qaynab yotgan buloq qishloqning jon tomirlari ulangan 
yuragiga o‘xshaydi. Yozda gavjum bo‘ladigan bu joyda hozir odam zoti ko‘rinmaydi. 
Qishloq soveti raisi mayorning maqsadini bilib xayolga toldi. 
— Ikki yilcha bo‘ldi kelishganiga. Yozda xotin, bola-chaqasini olib, toqqa chiqib ketadi. 
Qo‘y boqadi. Yomonligini sezmaganman. O‘zi shu qishloqda tug‘ilib o‘sgan ekan. Men 
yaxshi bilmayman. Ishqilib shpion emasmi? 
Solihov raisning shubhasini eshitib kuldi. 
— Shpion kelib-kelib sizning qo‘ylaringizni boqadimi? Men u kishidan bir gap 
so‘rayman, xolos. 
— Shundan shunga kelgan bo‘lsangiz, bu gapingiz anov-manovga o‘xshamaydi. Hech 
eshak minganmisiz? 
— Nima edi? 
— Safarqul aka hali yozloqdan qaytmagan. O‘toviga boraman, desangiz yayov 
yetolmaysiz. Bir odam qo‘shib beraman, boshlab boradi. 
— Sharipovning yoshligini kim biladi bu qishloqda? 
— Soqi bobo bilishi mumkin. To‘qson yilning u yoq-bu yog‘idagi gapni so‘rayverasiz. 
Kim qayga borgan, nima degan — xatosiz aytib beradi. Boboning kallasi butun. 
Soqi bobonikiga raisning o‘zi boshlab bordi. Mayor ixrab yotgan bir choldir-da, deb 
o‘ylagan edi. Olmazorda ketmon chopayotgan qariyani ko‘rib, «to‘qsondan oshgan chol 
shumi?» degan savol nazari bilan raisga qaradi.
Soqi bobo ularni ko‘rib, ketmonni yerga qo‘ydi.
— Ha, rais bolam, kel, omonmisan. Ena-otang omonmi? — dedi u xo‘shlashib. 
— Bobo, mehmon militsiyadan ekan. 
— Melisadanmi? — qariya «ilgari ko‘rmaganmanmi?» deganday tikilib qaradi. — Qirq 
sakkizinchi yildan beri qadam bosmay qo‘yuvdilaring, yo‘q bo‘p ketgansanlar, deb 
o‘ylabman. Ma’murni qirq sakkizinchi yilning ramazonida olib ketishuvdi-da. Asirda 
bo‘lgansan, deb otvorganmisanlar, ja daragi yo‘q-ku, boyaqishning. 
— Bobo, men u odamni bilmayman. Men boshqa xizmat bilan keldim. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin