Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
— Sen-chi? 
— Menam sog‘indim. Yana sog‘insam yig‘layman. 
— Yig‘lama, o‘g‘il bola yig‘lamaydi. 
Kun bo‘yi onasining izidan qolmagan Samariddin endi Jahongirga bog‘landi-qoldi. 
Oynisa bir-ikki chaqirsa ham o‘zini eshitmaganga soldi. Shunda Oynisa najot kutib 
Grigorichga qaradi: 
— Bunaqa o‘rganib qolsa, keyin nima qilaman? 
Chol «menam shuni o‘ylayapman», deganday soqolini silab o‘tirdi. 
— Balki ketmas... Menga ichini ochgani yo‘q, lekin nazarimda, qaerda yashash uning 
uchun baribirga o‘xshaydi. Qishlog‘iga qaytsa, surgun qilinishi tayin. Shu yerda 
qolavergani durustmasmi? Sen, Olenka, u bilan bir gaplashib ko‘r. 
Bu gapni eshitib, Oynisa bir seskanib tushdi. 
— Yo‘q, yo‘q, — dedi u shoshib. — Ketganlari ma’qul. Erkak odam o‘zini xor qilib 
qo‘ymaydi. 
— E, kizimka, kizimka, odamlar baxtning orqasidan quvib yurishadi. Sen esa, 
og‘zingni ochib o‘tiribsan. 
Oynisa cholga javob qaytarmadi. «Baxt faqat shu erkakning qolish yo qolmasligida 
emas, ikki bebaxtning bir-biriga suyanishi bilan olam guliston bo‘lib qolmaydi. Men 
bevaman. Uning boshi ochiqqa o‘xshaydi. Peshonamdagi bu kulfatlar ozmi menga, yana 
bir gunohga ro‘para bo‘lsam, nima qilaman? O‘g‘lim ota mehridan bebahra o‘ssa-o‘ssin, 
men otasining arvohini chirqiratmasam bas», degani bilan chol tushunarmidi? 
Bolaning tobora bog‘lanib borayotganini Jahongir his qilardi, o‘zi ketgach, uning 
ichikib qolishini ham bilardi. Shu sababli daladan qaytishi bilan opasining uyiga kirib 
ketardi. Bola quchoqlab olganida ham me’yordan ortiq erkalashdan o‘zini tiyardi. Oradan 
bir hafta o‘tgach, Jahongir yo‘lga otlandi. Uning bir ko‘ngli shu yerda qolish edi. Opasi, 
jiyanlri, pochchasining uyi, izlarini tashlab ketgisi yo‘q edi. Ammo bir ko‘ngli ota yurtida: 
balki akasi, xotini qaytishgandir, balki katta jiyani darbadarlikda yura-yura qishlog‘iga 
yetgandir? 
Qaytadigan kuni Jahongir opasining nimchasini Oynisaga uzatdi. Ammo u olishdan 
bosh tortdi. 
— Sizda omonat tursin, balki jiyanim shu yerga qaytar. Balki o‘zim xabar olgani 
kelarman, — dedi Jahongir. Oynisa biroz mulohaza qilib turgach, nimchani oldi. 
Jahongir shaharga qaytgach, mudarris — Nizom qorovulning holidan xabar olib, 
qishlog‘iga shoshildi. Nazarida jiyani qishloqqa qaytib, Sotti — Sotvoldining qahriga duch 
keladiganday edi. 
Qirqbelga oqshom oralaganda yetib keldi. To‘g‘ri Daminnikiga borib, jiyanini 
surishtirdi. Keyin boshidan o‘tganlarni so‘zlab berdi. Tunni shu yerda o‘tkazib, saharda 
qabristonga bordi. 
Atrof sokin. Borliq quyoshning ko‘tarilishini kutib, titrab turardi. Jahongir tilovat qilib 
bo‘lgach, ko‘rgan-kechirganlarini xayolan so‘zlab berdi. Nazarida uning alamli hikoyasini 
barcha marhumlar jim tinglashardi. 
«Zab vaqtida o‘lgan ekanmizmi, a?» derdi biri. 
«Vaqtida o‘lish ham Ollohning karami», deydi boshqasi. 
«Shu kulfatlarni bizning boshimizga solmagani uchun shukr», deydi uchinchisi. 
«Farzandlarimizning g‘amini ko‘rsatmaganing uchun shukr, deydi to‘rtinchisi. — Lekin 
jigargo‘shalarimizni bizdan keyin kulfatlarga duchor qil, demagan edik-ku?..» 
«Bolamning boshiga ofat yog‘dirguncha, meni do‘zaxda kuydirsang bo‘lmasmidi?!» 
Jahongir tanidi bu nidoni, u — onasining ovozi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin