Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Men-chi? Aldovga ishonib nikohdan o‘tganim gunoh emasmi? Endi nima bo‘ladi? 
O‘g‘limning chin dadasidan ham ajraymizmi? Bir ko‘rib so‘ng ajralish uchun bu yerga 
qaytib edikmi? Yo u kishini asrab qolish mumkinmi? Asrab qolsak nima bo‘ladi? Men 
qaysi yuz, qaysi hayo bilan u kishiga ko‘rinaman. U kishi menga endi nomahrammi? 
Nikohlaridan chiqmaganman, ammo boshqaga nikohlanganman. Bu muammoni kim 
yechib beradi? Asrab qolsak, o‘g‘lim u kishini «otam» deydimi? Demasa-chi?» 
O‘ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida zardobga to‘lgan yurak beoromligi bu tun 
etakroqda yotgan o‘g‘liga ham ko‘chgan. 
«Nimaga mendan yashirib kelishdi? Otasiga mehri yarimta bo‘lmasin, deyishdimi? 
Aka-ukalar yuz ko‘rishib bu sirni ochishlari, eson-omonlik bilan yashashlari mumkin edi-
ku? Nimaga kelishisholmadi? Ayamni talashishdimi yo menimi? Endi nima bo‘ladi? U 
odamni «ota» deymanmi? U odam meni «o‘g‘lim» deydilarmi? Jahongirning ismini 
aytganimda besaranjom bo‘lganlarining sababini endi tushundim. Shu ism u kishiga sirni 
ayon etdimi? Ayam Jahongirimni boshqalaridan ko‘proq suyadilar. Bu bejiz emas ekan-
da?..» 
Necha-necha ko‘ngillarning sirlarini muhrlash uchun yaratilgan tun bu safar o‘z ishini 
qildi: ikki yurakning hasratlarini bag‘riga singdirib, quyosh chiqmay turib, qaysi bir 
ovloqlarga berkindi. 
Mayor Sanjar Solihov marhumning xonadonidagilar sirlari oshkor bo‘lgach, 
halovatlarini yo‘qotishadi, deb taxmin qilgan edi. Bu oilaning asosiy sirni o‘g‘ildan 
yashirib kelganini esa u bilish u yoqda tursin, xayoliga ham keltirmagan edi. 
Kecha prokurorning roziligini olib, Jahongirni ozodlikka chiqarib shahar kasalxonasiga 
yo‘llagach, qotilni yaqin kunlarda qo‘lga olishiga ishonch hosil qildi. «Tuyg‘ularim meni 
aldamaydi», deb o‘ylardi u. Chindan ham ish nihoyasiga yetay deganda uning yuragi 
sezardi. Ba’zan yaxshi tush ko‘rardi, ba’zan siqilgan yuragi yayray boshlardi. Bu safar 
ham shunday bo‘ldi. Ona-bolaning kelishini xush kayfiyat bilan kuta boshladi. Xonasiga 
Yo‘lchivoyning yolg‘iz kirib kelganini ko‘rib, ajablandi. 
— Onangiz qanilar? — dedi u norozi ohangda. 
— Ayam betoblar. Mendan so‘rayvering so‘raydiganlaringizni. 
Solihov Yo‘lchivoyning ovozidagi xastalikni, ko‘zlaridagi g‘amni sezib «juda qo‘rqib 
ketishganga o‘xshaydi-ku?» deb o‘yladi. 
— Demak, Siddiq Sharipov otangizning soxta ismi-sharifi. Haqiqiy ismi nima? 
— Bilasiz-ku? 
— Savolimga aniq javob bering: haqiqiy ismlari nima? 
— Olamgir... 
— Otalarining ismi? 
— Muhammadrizo o‘g‘li. 
— Tug‘ilgan yerlari? 
— Qirqbel qishlog‘i. 
— Jahongir Muhammadrizaev kim bo‘ladi? 
— Ukalari. 
— Buni nima uchun yashirdilaringiz? 
— Men bilmas edim. 
— Onangiz-chi? 
— Ayam... qizillar urib o‘ldirgan, deb eshitgan ekanlar. 
— Kimdan eshitganlar? 
— Qishloqni yoqqan kishilardan. 
— Kim ular? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin