Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
— Bilaman, — dedi Jahongir. 
— Buni-ku, bilasan, lekin ularga yamoqchi zarurroqmi yo ilm, buni bilmaysan! O‘sha 
yerda turib so‘nggi uchrashuvimizni esladim. U yoqda ham yodimga kelardi. Mudarrising 
buyuk odam edi. Afsus... men u bilan bir oygina hamsuhbat bo‘lganimda edi... Qancha 
bilimlarni o‘zi bilan olib ketdi-ya! U olamdan o‘tganida qaerda eding? 
— Yonlarida edim, qo‘limda jon berdilar. 
— O‘lib qutulibdi bechora. Bo‘lmasa izimga tushganlar uni ham tortishardi. 
— Kelishgan edi. Jon talvasasida yotganlarini ko‘rib, kutib turishdi. Yarim tunda 
uzildilar, meni tongda olib ketishdi. O‘zim yuvib-taragunimcha indashmadi, shunisiga 
shukr dedim. 
— Men tergovdagi gaplaringni bilaman, mudarris bilan suhbatlarimizni aytmabsan. 
Aytib, meni yomonlab chiqib ketsang ham bo‘lardi. Chunki mening taqdirim sening 
gapingsiz hal qilingan edi. 
— Siz... o‘ylab gapiryapsizmi? Qo‘lingdan qotillik kelmaydi, deysiz-u, xoinlik 
qilishimga ishonasizmi? 
— Men unday deganim yo‘q. Xayolimga shunaqa gap kelsa, bu yerda o‘tirmasdim, 
meni bilasan. Sen o‘shanda qorovulxonadagi kitoblarni nima qilgansan? 
— Olib ketishgan. 
— E-eh! — Komlev shunday deb qo‘l siltadi. — Orasida nodir nusxa kitoblar bor edi-
ya! Odamlardan qo‘rqishar ekan, qafasga solishdi. Kitoblarda nima gunoh? Balki eng 
so‘nggi nusxadagi nodir kitoblarni ham yo‘q qilishgandir? Bu nima degan gap, bilasanmi? 
Bilmaysan! Bu tarixdagi yillar o‘tda qovjiradi, demak! Qovjiragan yillarni hech kim tiklay 
olmaydi! 
Komlev karavotda xasta odam yotganini unutib, yonib gapirardi. Madrasada 
yamoqchilarni ko‘rib uyg‘ongan nafrati endi avjga chiqqan edi. 
— Amir Temur ayrim ellarni bosgan, to‘g‘ri. U shoh edi, shunga majbur edi, elini 
ma’mur qilmog‘i lozim edi. Dunyodagi hamma shohlar bosgan, talagan. Lekin.. ana shu 
lekinga e’tibor ber: lekin u buyuk madaniyatga poydevor qo‘yib ketgan. Boshqa 
shohlarda bunday yodgorlik yo‘q. Xo‘sh, nima uchun undan yuz o‘girishimiz kerak? 
Xo‘sh, nima uchun u haqdagi kitoblarni yoqishimiz yo yerga ko‘mishimiz kerak? Javob 
ber! 
— Buni ulardan so‘rang. 
— Men seni, azizim, qotillikda ham, xoinlikda ham ayblamayman. Ammo loqaydlikda 
ayblayman! Ha, bunga haqqim bor. Sen bilib qo‘y: loqaydlik — qotillikdan ham, 
xoinlikdan ham yomon. Sen va senga o‘xshaganlarning loqaydligi tufayli tarix kulga 
botib yotibdi. 
Komlev ovozini baralla qo‘yib gapirayotgani uchun do‘xtir kirib tomoq qirib qo‘ydi. 
Komlev chegaradan chiqqanini bilib, yengil yo‘talib oldi-da: 
— Bir olam ishim bor, men ketdim, — deb o‘rnidan turdi. 
Jahongirning nazarida Komlev shamolday kirib, shamolday chiqdi-yu, undagi 
osoyishta xotiralar g‘uborini ko‘tardi. 
— O‘ttiz yettinchi yilning kuzagida Grigorich Jahongirning yo‘lga otlanganini ko‘rib: 
— Bu yilcha bormaganing ma’qulmi, yomon gaplarni ko‘p eshityapmiz, — dedi. 
Bu yomon gaplarni Jahongir ham eshitardi. Nemis josuslari, xalq dushmanlari 
haqidagi xabarlar yetib bormagan joy yo‘q edi. «Josuslarga mening nima aloqam bor?» 
deb o‘yladi Jahongir cholning gapidan ajablanib. 
Yurtiga eson-omon yetib keldi. Qishlog‘ida, Daminnikida bir kecha tunadi. Qarilik 
kuchdan qoldirgan mudarrisni yo‘qladi. Uning ahvolini ko‘rib, «shu yerda 
qishlasammikin», deb ham o‘yladi. Mudarris — Nizom qorovul belorus cholning gapini 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin