Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
— Ayting, qaerliksiz, otangiz kim edi, balki tanirman? 
— Qirqbel degan qishloqdanman, otamning ismi Muhammadrizo. 
— Muhammadrizo? Siz Shayxotadagi To‘xtasin kosibni eshitganmisiz? 
— Ha. 
— Men o‘sha To‘xtasin kosibning o‘g‘illariman. Dadangiz biznikiga kelganlar. O‘shanda 
yosh bola bo‘lsam ham esimda: kalta soqol, baquvvat kishi edilar. 
— Sizni nimaga qamashdi? 
— E, aka, peshona sho‘r ekan-da. Men Olmoniyada o‘qir edim. Bir guruh yoshlar 
«Xorijda ilm olmay turib millatni uyg‘otib bo‘lmaydi», deb Berlin degan shaharga 
o‘qishga borib edik. Safimizda qizlar ham bor edi. O‘qib, tahsilni tugatar chog‘imizda 
to‘satdan yurtga chaqirdilar. Oliy maktablarga ishga qo‘ydilar. Keyin... bitta-bitta 
terdilar. Men beshinchisiman. Bizning ishimiz chatoq, aka. Nemis josusi, deb ayb 
qo‘yishgan. Otilmay qolganimga shukr qilib edim. Bu do‘zaxdan qutulishimga ko‘zim 
yetmay qolyapti. 
— Bu yer do‘zax emas, — dedi Jahongir, — do‘zaxda yonasiz. Bu yerda muzlaysiz. 
Tirik qolaman, desangiz qimirlab turing. 
— Siz oqsoqollikka ko‘na qoling. 
— Nimaga? 
— Yaxshi odamga o‘xshaysiz. Otalarimiz do‘st edi, biz ham og‘a-ini bo‘lib ketarmiz. 
— Ismingiz nima? 
— Tolibjon. 
— Tolibjon, inim, oqsoqol bo‘lsam har kuni bu yerdagilarning ming-ming la’natini 
eshitib yashayman. Sizlarni ishlashga majburlayman, gaplaringizni ularga yetkazib
xoinlik qilaman. 
— Siz unday qilmang-da, go‘yo ularga jon-dildan xizmatda bo‘laverasiz-u, aslida 
bizlarga qayishasiz. 
— Yo‘q, Tolibjon inim, bunaqa nomardlik menga to‘g‘ri kelmaydi. Hozirginada 
«Yolg‘onga suyanib yashamaylik», deganingizda quvongan edim, bu gaplaringizga qoyil 
emasman. 
— Aka, aybga buyurmang, sizni xafa qilish niyatim yo‘q edi. Menga emas... aqalli 
manaviga o‘xshagan xastalarga ko‘magingiz tegarmidi, deb edim. 
Jahongir javob qaytarmadi. Bir qaraganda Tolibjonning gaplarida jon bor. Bir uy 
odamdan bitta insofsiz topilib oqsoqol bo‘lib olsa, hammaning sho‘ri quriydi. Jahongir bu 
sovuq, bu mehnat azoblaridan qo‘rqmaydi. Agar Xudo bir xastalik yoki bir falokat 
yuborib jonini olmasa, sovuq yoki mehnat azobi bilan omonatini ololmaydi. Lekin bu 
bechoralarga qiyin. Egilib mehnat qilmagan, kitobdan boshqa narsani bilmaydigan 
bo‘lib ko‘ringan bu yigitlar boshiga Zokirxo‘janing kuni tushishi mumkin. «Uxlamay, dam 
olmay bularning ishini qilishim mumkin, ammo iymonimni bulg‘ay olmayman», deb 
o‘yladi Jahongir. 
Tolibjon peshonasida yozuvi bor, yuzi hamisha tund bu odamga tushuna olmadi. 
Shuncha kun birga yo‘l yurib, odamga o‘xshab gaplashib o‘tirganini ko‘rmadi. Hatto 
birinchi to‘xtashda ofitserni mazax qilishganda ham u kulmadi. Tolibjon ofitserning 
dag‘dag‘asidan qo‘rqib, o‘zini ichkari olayotganida shu Jahongirning panasiga o‘tgan, 
gavdali bu odamning miq etmay turishidan ajablangan edi. Hozirgi gapidan yana bir 
karra taajjublandi. «Qo‘rqyaptimi? Nimadan qo‘rqyapti? Iymonining bulg‘anishidanmi? 
Nahot bu zamonda iymonni o‘ylaydigan odamlar qolgan bo‘lsa? Nahot ko‘rinishi 
kallakesarni eslatuvchi bu odam iymon, vijdon, nomus degan tushunchalarni qadrlasa? 
Bizni tuhmat chodiriga o‘rab berganlarda zig‘ircha nomus, vijdon, iymon bormi edi? 
Bizdan-ku, qutuldilar. Shu yigitlar, qizlar juvonmarg ketishdi, deb yuraklari hech 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin