Mahsulotni sotish sanoat korxonalari mablag`larining aylanishida oxirgi bosqich hisoblanadi. Sotish uchun mo`ljallangan mahsulot tovar mahsuloti deb nomlanadi. Korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri tovar mahsulotini sotishdir. Tovar mahsuloti tarkibiga sotish uchun mo`ljallangan Tayyor mahsulotlar, yarim Tayyor mollar, buyurtmachi korxona va muassasalar uchun bajaril-gan sanoat harakteriga ega bo`lgan ishlar kiradi.
Baho - qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yeki bu mahsulotni Tayyorlash bilan bog`liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishdan avval sanoat mollariga belgilanadigan bahoning uch turi mavjud edi.
Korxona ulgurji bahosi.
Sanoat ulgurji baxhsi.
Chakana narx.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx turlari ko`paydi: ulgurji, chakana narxlardan tashqari yana ichki, xalqaro narxlar paydo bo`ldi. Ichki narx deganda tovarlarga davlat ichkarisida belgilangan narx. xalqaro narx deganda esa tovarlarga xalqaro bozorda belgilangan narx tushuniladi.
Bulardan tashqari amaldagi bir necha xil narxlar xaqida gapirish mumkin. Masalan, erkin narx, davlat tomonidan belgilanadigan narx, shartnoma narx va xokazo.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida davlat tomonidan belgilanadigan narx keskin qisqarib boradi, erkin narxning doirasi kengayib boradi. Har tomonlama mustaqillikni qo`lga kiritgan korxonalar o`z ishlab chiqargan mahsulotlarini erkin narxda, isteg`molchilar bilan kelishilgan narxda sotishga intiladilar. Kameb mollarni mol, tovar birjalari orqali sotish, kim oshdi savdosi keng rivojlanadi.
Omborga qabul qilingan va haridor korxonalarga jo`natilgan mahsulot buxgalteriya uchyotida xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo`yicha aks ettiriladi. Biroq sexlardan mahsulot omborga qabul qilinganda uning xaqiqiy tannarxi maolum bo`lmagani uchun mahsulot harakatini hisobda qabul qilingan reja tannarxi yeki ulgurji bahoda shartnoma narxda hisobga olinadi, yaoni baholanadi. Hisobot oyi davomida mahsulot reja tannarxi bilan xaqiqiy tannarxi yeki xaqiqiy tannarx bilan ulgurji baho o`rtasidagi farq aloxida hisobga olinadi.
Masalan, sentyabr oyida reja tannarxi bo`yicha 100 000 so`mlik Tayyor mahsulot ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning xaqiqiy tannarxi buxgalteriya maolumotiga ko`ra 98 000 so`mni tashkil qiladi. Mahsulot xaqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi o`rtasidagi farq (iqtisod) 2000 so`mni (100000-98000) tashkil kilgan. Hisobda bu quyidagacha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks ettiriladi:
D-t - 40-«Tayyor mahsulot» scheti - mahsulot reja tannarxiga (hisobot oyi davomida) - 100 000 so`m.
D-t - 40-«Tayyor mahsulot» scheti - mahsulot xaqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi o`rtasidagi farq summasiga (xaqikiy tannarx aniqlangandan so`ng) - 2000 so`m (iqtisod).
K-t - 20-«Asosiy ishlab chiqarish» scheti - mahsulotning ishlab chiqarish xaqiqiy tannarxiga - 98000 so`m,
Tayyor mahsulot uchyotida ulturji, chakana narx va reja tannarxidan foydalaniladigan bo`lsa, u xolda jo`natilgan hamda sotilgan max-sulot xaqikiy tannarxi bilan hisobda qabul qilingan baxo o`rtasida-gi farqni aniqlash zaruriyati tugiladi. Bu quyidagicha aniqlanadi: