Tahorat va poklik bobi hadislari
408-hadis. Juda zaif. Uchta illati bor: Ikkita roviysi matruk; muntqote’.
409-hadis. Zaif. Ibn Abu Shayba mursal holatda rivoyat qilgan.
410-hadis. Muttafaqun alayh.
411-hadis. “Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qilar ediki, hatto unga yaqinda meros beriladi; deb o‘ylar edim”, jumlasi muttafaqun alayh. “Qullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon qildim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb o‘ylardim" jumlasi” zaif. Bayhaqiy va Bazzor rivoyat qilgan. “Ayollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, taloq harom bo‘lib qoladi, deb o‘ylardim. Kechasi namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning eng yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim" jumlasini Daylamiy “Firdavsul axbor”da rivoyat qilgan.
412-hadis. Zaif. Isnodi mursal.
413-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
414-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan.
415-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
416-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Dostları ilə paylaş: |