Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan bo‘lurlar va, albatta, do‘zaxga kirajaklar"



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə137/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   247
"Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan bo‘lurlar va, albatta, do‘zaxga kirajaklar" (Niso, 10), degan so‘zini o‘qib: "Ular oxiratda, albatta, do‘zaxga kiradi", dedilar.
Aytadilarki, yetim bo‘lgan uy naqadar yaxshi uy, agar uy egalari uning haqqini bilsa, yetim bo‘lgan uy naqadar yomon uy, agar uy egalari uning haqqini bilmasa.

522. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so‘radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda".


Ya’ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota o‘g‘lini urgandek ursa, zarari yo‘q.
Rivoyat. Fuzayl ibn Iyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Ko‘pincha yetimni bir tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi".
Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo‘lsa, urmasligi lozim, chunki yetimni urish og‘ir ishdir.
523. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi?" Holbuki, Allohning o‘zi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q, bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman", deydi".
Aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar.
Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga rahmdil otadek bo‘l, bilginki, ekkaningni o‘rasan va bilginki, soliha xotin eriga tillo tojli podshoh kabidir. Qachon xotinini ko‘rsa, ko‘zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga og‘ir yukni ko‘tartirib qo‘ygan kabidir".
524. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Men va musulmon yetimni kafillikka olgan odam jannatda xuddi shunday bo‘ladi", deb ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar.
Abu Xalil aytadilar: "Dovud alayhissalomning masalalarida o‘qidimki, u zot: "Ey Parvardigor, yetimga va beva xotinga Sening rizoliging yo‘lida yaxshilik qilgan bandangga qanday mukofot bor?" deb so‘radilar. "Uning mukofoti shuki, qiyomat kuni soya bo‘lmagan vaqtda uni arshning soyasiga olaman", dedi Alloh".
525. Avf ibn Molik Ashju’iy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qaysi mo‘minning uchta qizi bo‘lib, toki ularni uzatib yuborgunicha yoki vafot etgunicha ularga infoq qilsa, ular unga do‘zaxdan hijob (parda) bo‘ladi". Bir xotin aytdi: "Ey Allohning elchisi, ikkita bo‘lsa-chi?" "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.
526. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ikki yuzi qoraygan xotin jannatda men bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb barmoqlariga ishora qildilar, ya’ni, eri o‘lgan, qizlarining tarbiyasi uchun ularni uzatgunicha yoki vafot etguncha turmushga chiqmagan xotin.
527. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozordan farzandlariga hadya keltirsa, u sadaqa qilgan kishi kabi

bo‘ladi, hatto uni ularning og‘ziga soladi. Tarqatishni qizlardan boshlasin, chunki Alloh taolo ayollarga yumshoqlik qildi. Kim ayollarga yumshoqlik qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan kishi kabidir. Kim Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, uni Alloh kechiradi. Kim qizlari bilan xursand bo‘lsa, Alloh qiyomat kuni uni xursand qiladi".


. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Ali, agar yetim yig‘lasa, arsh titraydi. Alloh taolo aytadi: "Ey Jabroil, kim yetimni yig‘latgan bo‘lsa, unga do‘zaxdan joyni keng qil, Men uni u yerda yig‘lataman. Kim yetimni kuldirgan bo‘lsa, unga jannatdagi o‘rnini keng qil, Men uni u yerda kuldiraman".



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin