Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə139/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   247
QIRQ BESHINCHI BOB ZINO HAQIDA
529. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba Abu Hurayra va Zayd ibn Xolidlardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ular aytishdi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kelishdi. Ulardan biri: "Ey Rasululloh, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Boshqasi – u ilmliroq edi – aytdi: "Ha, Allohning rasuli, o‘rtamizda Allohning kitobi bilan hukm qiling. Izn bersangiz, gapirsam". "Gapir", dedilar. "O‘g‘lim mana bu odamning uyida ijarada ishlardi, – dedi u, – uning xotini bilan zino qilib qo‘yibdi. Menga o‘g‘limning toshbo‘ron qilinishi kerakligini aytishdi. Bu (jazo)ning o‘rniga yuz bosh qo‘y va uyimdagi joriyani berdim. Keyin ilmlilardan so‘rasam, o‘g‘limga yuz darra urilib, bir yil surgun qilinishi lozimligini aytishdi. Toshbo‘ron qilinish esa, ayolning jazosi ekan". Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, albatta, oralaringizda Allohning kitobi bilan hukm chiqaraman. Qo‘ylaring va cho‘ring o‘ziga qaytariladi. O‘g‘ling esa, yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi". So‘ngra uning o‘g‘liga darra urishdi va bir yilga surgun qilishdi. Anis Aslamiyga xotinning oldiga bormoqni buyurdilar va: "U ayolning oldiga bor, agar (gunohini) e’tirof etsa, toshbo‘ron qil", dedilar. Ayol e’tirof etdi va uni toshbo‘ron qilishdi".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu yerda zinoning hukmini bayon etdilar. Demak, zoniy (ya’ni, zino qilgan erkak) va zoniya (zinokor xotin) agar bo‘ydoq bo‘lsa, ularga yuz darra urish vojibdir. Alloh taolo: "Ulardan har birini yuz darradan uringlar, Alloh haddida sizlarni rahm va muloyimlik olmasin", deydi. Ya’ni, rahm-shafqat sizlarni hadni (jazoni) botil qilishga olib bormasin. Chunki Alloh taolo bandalariga sizlardan ham rahmliroqdir. Alloh taolo zinokorlarga bu dunyoda had urishni buyurdi. Kimga dunyoda had urilmasa, qiyomat kuni xaloyiqning oldida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan uriladi.

Alloh taolo keyin aytyaptiki: "Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo‘lsangizlar", ya’ni, Allohning birligiga va qiyomat kuniga ishonsanglar, "hadni botil qilmanglar". "Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar", (Nur, 2) ya’ni, zinokorni urayotganda mo‘minlardan bir toifasi hozir bo‘lsin.


Albatta, hadni urilayotganda, odamlar kelishsa, ularga azob ziyodalashadi. Chunki qavmning oldida uyalishadi va bu ham ularni zinodan qaytaradi. Bunday had urish eri yoki xotini bo‘lmagan zinokorlarga uchundir.
Ammo muhsan, ya’ni, turmushi mavjud holatda zino qilsa, ularning haddi toshbo‘ron qilishlikdir.
530. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Moiz ibn Molikni toshbo‘ron qildirganlar.
531. Rivoyat qilinishicha, bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, zino etganini aytdi. U o‘shanda homilador edi. U zot ayolga qaytishni, homilasini tuqqanidan keyin kelish buyurdilar. Homilasini tuqqandan keyin ayol keldi. Uni toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi.
Bilingki, zinoning haddi Islomning avvalida ayblamoq va etiklar bilan urmoq edi. Alloh taolo aytadi:

"Sizlarda ikkitasi shunday qilsa", ya’ni, fohisha ishni – zinoni, "...ularning ta’zirlarini beringlar, agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi rahmli zotdir" (Niso, 16).
Agar zinokor ayol muhsan bo‘lmasa, ya’ni, beva bo‘lsa, erkakning ham xotini bo‘lmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, erkakning haddi darra va surgun, xotinning haddi esa, to o‘lgunicha uyga qamab qo‘yish edi. Alloh taoloning so‘zi shunday:

"Xotinlaringizdan qay bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelgunicha yoki Alloh biron yo‘lga solgunicha ularni uylarda saqlangiz" (Niso, 15).
Bu hukm Islomning avvalida, hadlar tushmasdan oldin edi. Keyin bu oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bilan nasx (bekor) bo‘ldi:
532. "Mendan olinglar, mendan olinglar. Alloh u ayollarga bir yo‘l qildi. Bikr bikr bilan zino qilsa, yuz darra va bir yil surgun, tul tul bilan zino qilsa, yuz darra va toshbo‘ron qilish".
Bu ikki hukm Qur’on bilan emas, sunnat bilan joriy bo‘lgan. Bu hadisda xotinlarning zikri bilan xotinlar va erkaklarga ishora qilindi. Boshqa oyatda erkaklarning zikri bilan

erkaklar va xotinlar ishora qilingan edi. Keyinchalik bir yillik surgun bikrning (bo‘ydoqning) haqqidan o‘chirildi va muhsan xotinning haqqidan darra urish tushirildi. Surgun qilish haddi ushbu oyat bilan nasx qilindi: "Zinokor xotin va zinokor erkakning har birini yuz darradan uringlar" (Nur, 2). Muhsan ayolni darra urish Mo’izning, Fomidiya voqeasidagi ayolning hamda zinoga iqror bo‘lgan kishining hadislari bilan nasx qilindi.

Ulamolarimiz aytishadi: Surgun qilishdan o‘sha yerdan haydashni iroda etsalar, bunday qilish oyat bilan nasx qilingan. Agar surgundan qamashni va qamoqda ushlashni murod etsalar, bu ish hukmdir. Chunki maqsad yomonlikni kesish. Zoniyning yomonligi surgun bilan kesilmaydi.
Bu hukm zinoning dunyodagi haddidir. Bu had ularga bu dunyoda qoim qilinmasa, oxiratda qilinadi va oxirat azobi dunyo azobidan qattiqroq va uzoqroqdir. Bas, zinodan hazar qilinglar, zino katta gunohdir.
Alloh taolo aytadi:

"Zinoga yaqinlashmanglar, chunki u buzuqlikdir", ya’ni, zino qilmanglar, zinodan saqlaninglar, chunki zino gunoh, yomonlik keltiradi va Allohning g‘azabiga duchor qiladi. U shunday "eng yomon yo‘ldir" (Isro, 32). Naqadar yomon yo‘l! Zinokorlar bu yo‘lni tutib do‘zaxga boryaptilar.
Alloh taolo aytadi:


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin